Xudoyberdiyev Shuxrat Mamayusupovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatli o‘yinlar vositasida valeologik madaniyatni shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3483.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bozorova Muslima Qodirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mavlonova Saida Umarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatli o‘yinlar vositasida valeologik madaniyatni shakllantirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida valeologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik-psixologik omillari o‘quvchilar tomonidan harakatli o‘yin namunalarining valeologik-qadriyatli mohiyatini dastlabki idrok etish jarayonlari hamda hamkorlik faoliyat mexanizmida ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ va moslashuvchanlik ko‘rsatkichlarning o‘zaro adekvatligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida valeologik madaniyatni shakllantirishning indikatorlari va mezonlari o‘quvchilar tomonidan harakatli o‘yinlarning qadriyatli tanlovni amalga oshirish bilan bog‘liq shaxsiy individual yondashuvning pedagogik hamda psixologik omillari hamda metodik tamoyillarining tarkibiy komponentlarini o‘zaro optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
harakatli o‘yinlar (jismoniy, rivojlantiruvchi, didaktik, guruhli, individual)ning valeologik imkoniyatlarini hisobga olish, shuningdek, ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kompetensiyaviy tavsifga ega dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning maqsadli, jarayonli, natijaviy komponentlari bilan o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida valeologik madaniyatni shakllantirishning metodik modeli takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatli o‘yinlar vositasida valeologik madaniyatni shakllantirishning modulli texnologiyasi valeologik-qadriyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy meros namunalarini analiz qilish, valeologik ahamiyatli vaziyatlarni loyihalashtirish, tarbiyaviy tadbir va harakatli o‘yinlarning neytral mamzunini tushunish shakllari produktivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatli o‘yinlar vositasida valeologik madaniyatni shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilar tomonidan harakatli o‘yin namunalarining valeologik-qadriyatli mohiyatini dastlabki idrok etish jarayonlari hamda hamkorlik faoliyat mexanizmida ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ va moslashuvchanlik ko‘rsatkichlarning o‘zaro adekvatligini ta’minlash asosida aniqlashtirilganboshlang‘ich sinf o‘quvchilarida valeologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik-psixologik omillari, o‘quvchilar tomonidan harakatli o‘yinlarning qadriyatli tanlovni amalga oshirish bilan bog‘liq shaxsiy individual yondashuvning pedagogik hamda psixologik omillari hamda metodik tamoyillarining tarkibiy komponentlarini o‘zaro optimallashtirish asosida aniqlashtirilganboshlang‘ich sinf o‘quvchilarida valeologik madaniyatni shakllantirishning indikatorlari va mezonlariga doir taklif va tavsiyalardan Oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi tizimidagi YoA-1-012 raqamli “Uzluksiz ta‟lim yangi avlod o`quv adabiyotlari va uning elektron darsligini yaratishning metodikasi” (2016-2017 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 maydagi 02-07-2388/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish ko‟rsatkichlarini belgilashga xizmat qilgan.
harakatli o‘yinlar (jismoniy, rivojlantiruvchi, didaktik, guruhli, individual)ning valeologik imkoniyatlarini hisobga olish, shuningdek, ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kompetensiyaviy tavsifga ega dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning maqsadli, jarayonli, natijaviy komponentlari bilan o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida valeologik madaniyatni shakllantirishning metodik modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 23 dekabrdagi 395-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarini belgilashga xizmat qilgan.
valeologik-qadriyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy meros namunalarini analiz qilish, valeologik ahamiyatli vaziyatlarni loyihalashtirish, tarbiyaviy tadbir va harakatli o‘yinlarning neytral mamzunini tushunish shakllari produktivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilganboshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatli o‘yinlar vositasida valeologik madaniyatni shakllantirishning modulli texnologiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalardanXalq ta’limi vazirligining 2021 yil 24 sentyabrdagi 310-son “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv rejasidagi jismoniy tarbiya fanining dasturiy ta’minotini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Xalq ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 4-oktabrdagi 01/11-02/02-1578-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini zamonaviy tarbiya texnologiyalari asosida rivojlantirish samaradorligiga erishilgan.