Kenjaev Sirojiddin Rashidovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda chap qorincha disfunksiyasini kompleks davolashda kversetinning samaradorligi», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib240.

Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich,tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakacini oshirish inctituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01

Rasmiy opponentlar: Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimov nomli Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sitoprotektor kversetinning ST segment ko‘tarilishli o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan, reperfuziya qilingan bemorlarda chap qorincha miokardining disfunksional zonalarining qayta tiklanishiga va diastolik faoliyatiga ta’sirini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk marotaba, STkMI bilan og‘rigan, miokard reperfuziyasi amalga oshirilgan bemorlarda chap qorincha miokardi qaytar disfunksiyasiga kversetin preparatini ta’siri isbotlangan;

STkMI bilan og‘rigan, trombolitik terapiya va perkutan koronar aralashuv amalga oshirilgan bemorlarda kversetinning miokard funksional holatiga, chap qorincha miokardining sistolik va diastolik faoliyatlariga, kasallikning klinik kechishiga ta’siri baholangan;

reperfuziya o‘tkazish vaqti va karaxlashgan miokard xolati, xamda miokard infarktining STkMIda chap qorinchadagi funksional holati ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;

STkMI bilan og‘rigan bemorlarda reperfuziyadan keyin kompleks terapiyaga kversetin qo‘llash natijasida chap qorincha miokardining yashashga layoqatli sohalarining faoliyatini tiklanishi dinamikasi kichik dozadagi dobutaminli stress-exokardiografiya usuli yordamida isbotlangan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Miokard infarktini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Dobutaminli stress-exokardiografiya natijalariga bog‘liq holda ST segment ko‘tarilishli o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarni olib borish algoritmi» nomli algoritm sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 26 dekabridagi №8n-d/72-son ma’lumotnomasi). Mazkur algoritm o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarni olib borishda tejamli va qulay usul - kichik dozadagi dobutaminli stress-exokardiografiyani qo‘llab, miokard qaytar va qaytmas disfunksiyasini va kerakli terapiyani o‘z vaqtida aniqlanishiga imkon bergan;

davolash va diagnostika sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro va Namangan filiallari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 05 martdagi №8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga joriy qilinishi iqtisodiy samaradorlikka olib kelgan. Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarni hayoti davomiyligini uzaytirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlarni statsionarda bo‘lishi vaqtini 1-2 kunga qisqartirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish