Xaydarov Siroj Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yaylov oziqalari bilan oziqlantirishning tuvchalarning hazm jarayonlariga, mahsuldorligiga va sutining sifatiga ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B557.
Ilmiy rahbar: Rajamuradov Zaynitdin Turopovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldiyevich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yil davomida yaylov ozuqalari bilan oziqlantirilgan turli genotipga mansub echkilar organizmidagi moddalar almashinuvi, qon va sutining biokimyoviy xususiyatlari hamda ekstremal sharoitga moslashishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yil davomida faqat yaylovda iste’mol qilingan ozuqalar miqdori va echkilar organizmining to`yimli moddalar bilan qondirilish darajasi aniqlangan;
echkilar organizmidagi metabolik jarayonlar va qonining morfo-biokimyoviy ko‘rsatkichlarining yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishi mexanizmi ilmiy asoslangan;
qo‘shimcha oziqlantirishsiz yaylov ozuqalari bilan oziqlantirishning echkilar organizmining klinik va tabiiy rezistentlik ko‘rsatkichlari me’yyorga nisbatan pasayishi aniqlangan;
ekstremal sharoitga moslashishida faqat yaylov ozuqalari bilan oziqlantirishning turli genotipdagi echkilarni mahsuldorliligi va mahsulot sifat ko‘rsatgichkarining pasayishiga ta’siri ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaylov ozuqalari bilan oziqlantirishning tuvchalarning hazm jarayonlariga, mahsuldorligiga va sutining sifatiga ta’siri bo`yicha olingan natijalar asosida:
xorijiy seleksiyaga mansub Rus oq zoti Zaanen zotiga nisbatan ekstrimal sharoitlarga moslashuvchanligi, mahsuldorligini saqlab qolish qobilyati yuqoriligi, tashqi muhit haroratiga bog`liq holda echkilar organizmining fiziologik holatini hamda mahsuldorligini oshrish bo`yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanidagi “Kuragan” va Navoiy viloyati Nurota tumani “Otchopor” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/23-2262-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, echkilar organizmida to‘yimli moddala rning hazmlanishi va o‘zlashtirilishi yaxshilanib, bir bosh echkidan ko‘rilayotgan sof foyda Zaanen zotida mahalliy zotli tuvchalarga nisbatan 20 %, rus oq zotida 25%ga oshirish imkonini bergan;
yaylov ozuqalari tarkibida to‘yimli moddalar miqdorining yil fasllari bo`yicha o`zgarishi, echkilar organizmining to`yimli moddalarga bo`lgan ehtiyojining qoplanmasligi, tabiiy yaylovlarda boqilgan echkilar qonining morfo-biokimyoviy ko‘rsatkichlarga yaylov ozuqalarining ta’siri Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatida hududdagi yaylovlar mahsuldorligini baholash va ekologik monitoringini amalga oshirish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 iyuldagi 04-02/7-1126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hayvonlar uchun ekologik noqulay omillarning maqbul ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali hududdagi yaylovlar degradatsiyasini kamaytirish va biologik xilma-xilligini saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.