Fayzieva Dilsora Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Masofaviy o‘qitish tizimlarida axborot himoyasini tashkil etish», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3424
Ilmiy rahbar: Karimov Madjid Malikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12. 2019.T. 07.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Gayrat Umarovich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Allanov Orif Menglimuratovich PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «UNICON.UZ» – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qat’iy autentifikatsiyalash va dasturlash nuqtai nazaridan xavfsiz va moslashuvchan foydalanishni boshqarish usuliga ega masofaviy o‘qitish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy o‘qitish tizimi uchun ochiq kalitli kriptotizimlar asosida salmoqli kriptografik amallar sonini kamaytirish orqali tomonlar o‘rtasida xavfsiz kalit taqsimlashga qaratilgan qat’iy autentifikatsiyalash protokoli ishlab chiqilgan;
masofaviy o‘qitish tizimida foydalanuvchilar huquqlarini boshqarishda foydalanuvchining ishonch darajasi parametrini kiritish orqali rolga asoslangan foydalanish huquqlarini boshqarish (RBAC) usuli takomillashtirilgan;
axborot tizimlariga ruxsatsiz kirishlarni oldini olishda XSS va SQL in’eksiya zaifliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishga xizmat qiluvchi himoya mexanizmiga ega bo‘lgan testlash usuliga asoslangan algoritm ishlab chiqilgan;
masofaviy o‘qitish tizimining funksiyasiga, axborot xavfsizligiga va dasturiy vositalarni ishlab chiqishga oid talablar asosida masofaviy o‘qitish tizimini qurishdagi muhim omillar va ular orasidagi bog‘liqliklar aniqlangan hamda oddiy va axborotni himoyalash tizimiga ega masofaviy o‘qitish tizimlarining xususiy konseptual modellari ishlab chiqilgan;
masofaviy o‘qitish tizimlarida foydalanuvchilar soniga ko‘ra foydalanishlarni boshqarish matrisasi asosida axborot resurslarining himoyalanganlik darajasini baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taklif etilgan usullar va algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositalardan olingan natijalar bo‘yicha:
dissertatsiya ishining ilmiy va nazariy ma’lumotlaridan, shuningdek, XSS va SQL in’eksiya zaifliklarini aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha taklif etilgan algoritm asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita hamda veb saytlarni monitoringlash natijasida risklarni oldini oluvchi tizimlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi Pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik Markazining amaliy faoliyatida tatbiq etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 89-02-88-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi zaifliklar haqida ma’lumotlarni tizim ma’muriga taqdim etishi bilan bir qatorda uni bartaraf etish yo‘llarini hamda himoya usulini samaradorligini aniqlashga imkon bergan;
XSS va SQL in’eksiya zaifliklarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha taklif etilgan algoritm asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining amaliy faoliyatida tatbiq etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 89-02-88-son ma’lumotnomasi). O‘rnatilgan himoya vositalariga ega masofaviy o‘qitish tizimining foydalanuvchilar soni bo‘yicha himoyalanganlik darajasi oddiy tizimga nisbatan 1.5 marta yuqori bo‘lgan;
dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining amaliy faoliyatida tatbiq etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 89-02-88-son ma’lumotnomasi). Erishilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita veb hujumlarni aniqlash va foydalanuvchilarni ishonchli autentifikatsiyalash imkonini bergan.