Misirova Surayyo Abdumutalovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O’zbekistonda Lola (Liliaceae L.) va Orxideya (Orchidaceae Juss.) larning ayrim navlarini ko’paytirish texnologiyasi”, 06.03.01- O’rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko’kalamzorlashtirish. O’rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o’rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Qx119
Ilmiy maslaxatchi: Qayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04. 
Rasmiy opponentlar: To’xtayev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Davronov Qaxramon Davronovich, biologiya fanlari doktori, professor; Turdiyev Saidali Ashurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O’rmon xo’jaligi ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi. O’zbekistonda ko’kalamzorlashtirish maqsadida ishlatiladigan mahalliy hamda xorijdan introduksiya qilingan lola (Tulipa L.) va orxideya (Orchidaceae Juss.) navlarining morfologiyasini tadqiq etish, urug‘idan va vegetativ a’zolaridan ko’paytirish, piyozlar va ko’chatlarini innovatsion usullarda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, istiqbolli navlarini tanlash va baholashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lolaning mahalliy va Niderlandiyadan keltirilgan navlari piyozlarining uzunligi, diametri va og‘irligi orasida chiziqli korrelyasion bog‘liqlik mavjud ekanligi aniqlandi (regressiya tenglamasi Niderlandiyadan keltirilgan navlarda y=0,9779x-1,53 (R2=0,9504), mahalliy navlarda y=0,7807x+0,6093 (R2=0,7755));
lolaning mahalliy va Niderlandiyadan keltirilgan navlarni 0,7x0,1 m sxemada yetishtirish orqali Dana Winner white navida 1 gektardan 410 ming donagacha yoki Niderlandiya navlariga nisbatan 1,025-1,95, mahalliy navlarga nisbatan esa 1,41-2,73 marotaba ko’p piyoz hosilini olish mumkinligi aniqlangan;
orxideyani in vitro usulda urug‘idan, vegetativ a’zolaridan o’stirish uchun ozuqa muhiti tarkibiga BAP (kinitin) ning 0,4 l/mg miqdorini qo’llash orqali 18-oydagi gullar sonini 10 dona yoki Trixoderma vrayde preparatiga nisbatan 2 marotaba, Aktivlangan ko’mirga nisbatan esa 2,5 marotabaga oshirish mumkinligi aniqlangan;
orxideya guli poyasini in vitro usulida o’stirishda MS+1NAA+1BAP gormonidan foydalanish orqali 2 haftadan 60% gacha eksplant olish mumkinligi isbotlangan; 
lolaning Niderlandiyadan keltirilgan 16 ta va mahalliy 10 ta navlarini kompleks baholash orqali Niderlandiyaning Dana Winner white (95 ball), Crw 18 creamwhite (93 ball), Piet Paulusma yellow (92 ball), Purple early blooming (93 ball), Wit rode punt (92 ball), NC pride dark lila (91 ball) navlari, mahalliy Oksford (96 ball), Florodeyl (93 ball), Posvisheniye Vavilovu (92 ball) va Rogneda (91 ball) navlari istiqbolli navlar ekanligi aniqlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lola navlari va Orxideyani ko’paytirish va standart ko’chatlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Havaskor gulchilar va “Gulchilikni rivojlantirish markazi” DUK uchun «Lola gulini yetishtirish texnologiyasi», «Orxideya gulini yetishtirish texnologiyasi» tavsiyanomalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2022 yil 25 oktabrdagi 01/18-2837-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar gulchilikka ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarda qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda;
lolaning Niderlandiyadan keltirilgan 16 ta navini yetishtirish texnologiyasi “Ligtharttulips-Namangan” MCHJ ning 5 gektar maydonida joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2022 yil 25 oktabrdagi 01/18-2837-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida lola piyozlarining hosildorligini oshirish orqali gektariga iqtisodiy samaradorlik o’rtacha 96000,0 ming so’mni tashkil etgan;
orxideyani in vitro sharoitida ko’paytirish texnologiyasi “Gulchilikni rivojlantirish markazi” DUK ning biolaboratoriyasiga joriy etilgan (“Gulchilikni rivojlantirish markazi” DUK ning 2022 yil 22 oktabrdagi 01/18-2837-son ma’lumotnomasi). Natijada orxideya ko’chatlarini yetishtirish va sotish orqali olingan iqtisodiy samaradorlik 23375,0 ming so’mni tashkil etgan;
lola yetishtirishda kuzatiladigan kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish usuli “Ligtharttulips-Namangan” MCHJ ning 5 gektar maydonida joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2022 yil 25 oktabrdagi 01/18-2837-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlikni gektariga 4,9 tonnagacha oshirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 35185,0 ming so’mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish