Rasulova Zulfiya Dadaevnaning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligida buyraklarning funksiyasini va neyrogumoral tizimlarning ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda diagnostika va farmakoterapiyaga yondashuvni ishlab chiqish», 14.00.06. – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib48.

Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pespublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Mamedov Mexman Niyazovich,tibbiyot fanlari doktori, professori (Rossiya Federatsiyasi); Abdullaev Timur Atanazarovich,tibbiyot fanlari doktori; Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna,tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya Universiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: Surunkali yurak etishmovchiligi (SYuE) bor bemorlarda buyraklarning funksiyasini va neyrogumoral tizimlarninng ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda erta diagnostikasini takomillashtirish va farmakoterapiyaga yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor SYuE bor bemorlarda buyraklar disfunksiyasining (BD) erta markerlari va buyraklar qon oqimi ko‘rsatkichlarining salbiylashuvi  buyraklar tubuloepitelial apparati shikastlanishining erta prognostik prediktorlari sifatada asoslangan;

SYuE bor bemorlarda kasallik klinik kechishi xususiyatlari,  neyrogumoral omillar (NA, MNUP, Al) miqdori va chap qorincha remodellanishi (ChQR) ko‘rsatkichlari BD parametlari (KFT va fermenturiya) darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;

ilk bor SYuE bor bemorlarda buyraklarning funksional holatining uyqu va buyraklar arteriyalari gemodinamik ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

ilk bor SYuE I-III FS bor bemorlarda lizinopril va lozartanning neyrogumoral omillar va buyraklarning funksional holatiga, buyraklar qon oqimi ko‘rsatkichlari hamda yurak-qon tomir remodellanishi jarayonlariga qiyosiy samaradorligi asoslangan;

buyraklar funksiyasi buzilishlarini va neyrogumoral omillarni hisobga olgan holda SYuEni davolashga yondashuv takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: SYuE bor bemorlarda buyraklar disfunksiyasining erta aniqlashda yangicha yondashuvlar va differensial davolash taktikasi tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Buyraklar disfunksiyasini hisobga olgan holda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanib borishini prognozlash usuli» ixtiro uchun patent olingan. Ushbu patent surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanib borishini va salbiy kechishini prognozlashni matematik usulda baholashga imkon beradi;

«Surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda buyraklarning funksional holatini baholash» nomli uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 martdagi 8n-z/30-son xulosasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma SYuE bor bemorlarda buyraklarning funksional holatini baholash va buyraklar disfunksiyasining oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini beradi;

SYuE bor bemorlarda buyraklar disfunksiyasining erta prediktorlarini baholash va terapevtik yondashuvni optimallashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent va Buxoro viloyat qo‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 martdagi 8n-z/30-son xulosasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi SYuE bor bemorlarni erta aniqlashga va kasallik kechishini yaxshilanishiga, asoratlarning oldini olishga, gospitalizatsiyalar sonini va davolash davomiyligini 1,5 martaga kamaytirishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish