Kashkabaeva Chulpanoy Tulkunovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tloqi-botqoq tuproq sharoitida o‘rtapishar sholi navlarini hosildorligiga etishtirish agrotexnikasining ta’sirini o‘rganish (Toshkent viloyati misolida)», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2017.2.PhD/Qx105.

Ilmiy rahbar: Saimnazarov Yuldash Bekmirzaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Aliqulov Safar Mengliqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida yangi yaratilgan o‘rtapishar «Iskandar» va «Ilg‘or» sholi navlarini maqbul ekish muddatlari va me’yorlarida urug‘larning unib chiqishi va saqlanish darajasini oshirish hamda yuqori va sifatli sholi hosili olish agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida  istiqbolli yangi rayonlashtirilgan o‘rtapishar «Iskandar» va «Ilg‘or» sholi navlarining maqbul ekish muddatlari va me’yorlari ishlab chiqilgan;

ekish muddatlari va me’yorlarining sholi urug‘ining dala unuvchanligi va ko‘chat qalinligiga tashqi omillarning (ob-havo, yorug‘lik, issiqlik) ta’siri aniqlangan;

sholining yangi yaratilgan o‘rtapishar «Iskandar» va «Ilg‘or» navlari o‘suv davrlarining davomiyligi, hosildor poyalar rivojlanishi, barg sathi o‘zgarishi, fotosintez sof mahsuldorlik va er ustki quruq massa to‘plashiga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri aniqlangan;

ekish muddatlari va me’yorlarining sholi hosil strukturasi, hosildorlik va guruchning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;

o‘rtapishar sholining «Iskandar», «Ilg‘or» navlarining ekish muddatlari va me’yorlari bilan barg sathi  (r=0,97-0,98) hamda guruchning shishasimonligi (r=0,92-0,97) yuqori ijobiy korrelyativ bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘rtapishar sholi navlari hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarini ta’sirini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida yangi yaratilgan o‘rtapishar «Iskandar», «Ilg‘or» sholi navlarini etishtirishning maqbul agrotexnikasi Toshkent viloyati, O‘rta chirchiq tumanida 56,1 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 fevraldagi 02/21-485-son ma’lumotnomasi). Natijada sholi hosildorligi gektaridan nazoratga nisbatan «Iskandar» navida 14,9 sentner, «Ilg‘or» navida 13,2 sentnerga oshishiga erishilgan;

sholining «Iskandar» va «Ilg‘or» navlarini etishtirishning maqbul agrotexnologiyasi O‘zbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali tajriba dalasida jami 31,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 fevraldagi 02/21-485-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida «Iskandar» navidan gektariga 12,4 sentner va «Ilg‘or» navidan 11,6  sentner qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;

sholini «Iskandar» va «Ilg‘or» navlarining maqbul agrotexnologiyasi Andijon viloyati, Jalaquduq tumani “Qo‘shtepalik mirishkor sholikor” fermer xo‘jaligida jami 10,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 fevraldagi 02/21-485-son ma’lumotnomasi). Natijada ekish me’yori maydon birligida sholi urug‘ligi 10 foizga tejalgan va gektaridan «Iskandar» navidan 6,3 sentner, «Ilg‘or» navidan 11,6 sentnergacha qo‘shimcha sholi hosili olinib, rentabellik darajasi 29,2 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish