Lapasov Xurshid Olimjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida istiqbolli «Paxtakor-1» g‘o‘za navining suvtejamkor texnologiyasi (Jizzax viloyati misolida)», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx243.

Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Isashev Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xasanov Maqsud Marufovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyatining gidromorf, o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida andoza «An-Boyovut-2» va istiqbolli «Paxtakor-1» g‘o‘za navlarini er ustidan egatlab sug‘orishning takomillashgan suv tejovchi texnologiyasini ishlab chiqish hamda g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga ta’sirini aniqlashdandan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Jizzax viloyatining sho‘rlanishga moyil, mexanik tarkibi engil qumoq o‘tloqi-bo‘z, tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali andoza «An-Boyovut-2» va istiqbolli «Paxtakor-1» navlarini etishtirishda suv tejovchi egatlab sug‘orish texnologiyasi takomillashtirilgan;

g‘o‘zaning andoza «An-Boyovut-2» va istiqbolli «Paxtakor-1» navlarini o‘simlikning o‘suv davridagi sug‘orish texnologiyalari va qator oralariga ishlov berish moslamalarning samaradorligi aniqlangan;

turli suv tejovchi egatlab sug‘orish texnologiyasini g‘o‘za navlarining maqbul sug‘orish muddati va mavsumiy suv me’yorlari hamda suv iste’moliga ta’siri aniqlangan;

suv tejovchi sug‘orish texnologiyasining o‘rta tolali andoza «An-Boyovut-2» va istiqbolli «Paxtakor-1» g‘o‘za navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘tloqi-bo‘z tuproqlarda istiqbolli «Paxtakor-1» g‘o‘za navini sug‘orishning takomillashgan suv tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

Jizzax viloyatining sizot suvlari sathi yaqin joylashgan, o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning istiqbolli «Paxtakor-1» navini qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab, mienral o‘g‘itlarni gektariga N200, P140, K100 kg me’yorda qo‘llagan holda tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartibda sug‘orish texnologiyasi Jizzax viloyatining Do‘stlik va Paxtakor tumanlaridagi paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 1250 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 28 dekabrdagi 02/20-645-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zani mavsumiy suv me’yori gektariga 1590-1650 m3 ni tashkil etgan, sug‘orish suvlari 30 foizga tejalgan va paxta hosildorligi gektariga 36,0-38,0 sentner hamda rentabellik darajasi 45 foizni tashkil qilgan;

o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida istiqbolli «Paxtakor-1» g‘o‘za navini sug‘orishning takomillashtirilgan suv tejovchi egatlab sug‘orish texnologiyasini 2014-2017 yillarda Jizzax viloyatining Mirzacho‘l va Arnasoy tumanlaridagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida 1250 gektar paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 28 dekabrdagi 02/20-645-son ma’lumotnomasi). Bunda daryo suvlari 26-34 foizga tejalib, suv tanqisligining salbiy oqibatlari kamaytirilgan va g‘o‘za navlaridan gektaridan 6,3-7,9 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish