Nazarov Abduqodir Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xurmo navlarini agrobiologik baholash va uni turli usullarda quritish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx589.
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Numan Boboevich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshiev Ja’far Abdusalomovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik,     uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xurmoni turli xil quritishbop navlarini tanlash, turli quritish usullarini takomillashtirish va mahsulot sifatili quritish usullariga o‘zaro bog‘liqligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy sharoitda etishtirilgan xurmoning quritishbop Xiakume, Zendji-maru va Fuyu navlarining agrobiologik xususiyatlari aniqlangan;
xurmo mevasini elektr quritkich uskunasida butun, parrak va tilim shaklda 600S da 8 soat, haroratda quritish parametrlari aniqlangan;
xurmoning quritishbop Xiakume (nazorat) - 30,5%, Zendji-maru-31,3%, Fuyu-24,8% navlarining texnologik xususiyatlari aniqlangan;
xurmo mevasini quritishdan oldin uning tarkibidagi 20% quruq modda, 80% suv, 0,05-0,20% kislotalik miqdori, 18-20% glyukoza va fruktoza shaklida qand borligi aniqlangan;
xurmo mevasini quritishdan keyingi jarayonlardagi biokimyoviy o‘zgarishlar tahlil qilinganda 0,01-0,05% kislotalik miqdori, 22-60% glyukoza va fruktoza shaklida qand borligi isbotlangan;
xurmo mevasini quritishning infraqizil va konvektiv quritish maqbul usullari va texnologiyasining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xurmo navlarini agrobilogiyasi va uni turli usullarda quritish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
Xurmo mevalarini etishtirish va quritishga ixtisoslashgan fermer va tadbirkorlar uchun “Xurmoni turli usullarda quritish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2243 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma xurmo navlarini tanlash va turli usullarda quritish ishlarini tashkil etishda qo‘llanma sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan fermer, dehqon xo‘jaliklari, agroklasterlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun foydali uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Dilshod Xolmurod” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar maydonda etishtirilgan xurmo mevalarini qurish bo‘yicha tajriba natijalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2243 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada xurmo mevalaridan 600 kg meva quritilib shundan 150 kg sof mahsulot olingan. Mahsulot 40 ming so‘m/kg narxida realizatsiya qilinganda 6 mln 400 ming so‘m daromad olishga erishilgan.
Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Bog‘imni bog‘boniman” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar maydonda etishtirilgan xurmo mevalarini quritish bo‘yicha tajriba natijalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2243 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada 700 kg mevalar quritilib shundan 160 kg sof mahsulot olingan. Fermer xo‘jaligi ushbu quritilgan mahsulotni 50 ming so‘m/kg narxidan realizatsiya qilganida 8 mln so‘m daromad olishga erishilgan.
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklarini 6,0 gektar maydonda etishtirilgan xurmo mevalarini “VALLEY FRUITS” COOPERATIVE korxonasida quritish pechlarida quritish bo‘yicha tajriba natijalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2243 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada 5 tonnagacha xurmo mevasi quritilgan va 1 tonna sof mahsulot olingan. Korxonada ushbu quritilgan mahsulotni 40 ming so‘m/kg narxida realizatsiya qilish natijasida 40 mln so‘m daromad olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish