Yashnarbekov Anvar Yashnarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston huquqiy tizimida yuridik-texnik normalar: nazariy va amaliy masalalar», 12.00.01. – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu454.
Ilmiy rahbar: Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yupidik fanlap doktopi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xudoyberdiev Axror Qosimalievich, yuridik fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda yuridik-texnik normalarga oid nazariy va amaliy masalalarni, ushbu sohadagi mavjud muammolarni ochib berish, mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishga oid  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy va yuridik shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish bilan bog‘liq muammolari orqali texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan;
ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni maqbullashtirish lozimligi asoslangan;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritishga yo‘l qo‘ymaslik masalasi asoslangan;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda ijobiy xulosa olingandan so‘ng hisobga olinishi va kuchga kirish tartibini amaliyotga joriy etilishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
jismoniy va yuridik shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish bilan bog‘liq muammolarini tahlil qilish orqali texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 110-son qarori 2-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 3 noyabrdagi 12/21-76-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni maqbullashtirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 110-son qarori 2-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 3 noyabrdagi 12/21-76-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni maqbullashtirishga xizmat qilgan;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritishga yo‘l qo‘ymaslikka oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5997-son Farmoni 5-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 3 noyabrdagi 12/21-76-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda tegishli qoidalarni belgilashga xizmat qilgan;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda ijobiy xulosa olingandan so‘ng hisobga olinishi va kuchga kirish tartibini amaliyotga joriy etilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-5997-son Farmoni 5-bandi oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 3 noyabrdagi 12/21-76-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasiga oid normani belgilashga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlarida milliy standart loyihasini kelishish majburiyligi nazarda tutilgan hollarda, ushbu loyiha tasdiqlanguniga qadar manfaatdor taraflar bilan kelishilishi lozimligi, jamoatchilik muhokamasi davrida milliy standartlar loyihalari standartlashtirish bo‘yicha sohaga daxldor texnik qo‘mitada, u mavjud bo‘lmagan taqdirda esa Standartlashtirish bo‘yicha milliy organda texnik muhokamadan o‘tishi hamda standartlashtirish bo‘yicha milliy organning rasmiy veb-saytiga va elektron portaliga joylashtirilgan milliy standartlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi oltmish kalendar` kun ichida amalga oshirilishi bilan bog‘liq takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 3 noyabrdagi “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-800-son Qonunining 18-moddasi oltinchi, ettinchi va sakkizinchi qismlarini shakllantirishda va takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 6 dekabrdagi 
06-13/67-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi standartlarning yanada takomillashtrilishiga va ushbu sohada jamoatchilik nazoratining rivojlantirilishiga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish