Saidov Baxtiyor Odilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori sinf o‘quvchilarida vatanparvarlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik muammolari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P442.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, psixologiya fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarida vatanparvarlikni shakllantirish va uning ijtimoiy-psixologik muammolarini tadqiq etish asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarida oliy hislar shakllanishiga bevosita ta’sir qiluvchi ijtimoiy ustanovkalar shaxsning kognitiv, konativ, emotsional attityudlari vositasida guruhga identifikatsiyalanish funksiyasi bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli vatanparvarlikning refleksiv darajada rivojlanishini ta’minlashi dalillangan;
yuqori sinf o‘quvchilaridagi axloqiy hislarning qadriyatlar tizimida integrativ rivojlanishi shaxs legitim individualizmining etnik xususiyatlarga transformatsiyalashuvini ta’minlashi sababli milliy identifikatsiyani kuchaytirishi hamda vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanishida yetakchi ijtimoiy omil sifatida ifodalanishi asoslangan;
Vatan haqidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanishida shaxs milliy o‘z-o‘ziga beradigan bahosi irodaviy komponentining ekzistensial darajada namoyon bo‘lishi tufayli vatanparvarlikning “konformlik” tipi rivojlanishi bilan bog‘liq psixologik omillar ustuvor xarakterni ifodalagan referentometrik ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash integral modeli shaxs qadriyatlar tizimidagi etnik altruizm shaxsning o‘zini-o‘zi internal transformatsiyalashi sababli tizimli-faoliyatli yondashuvga muvofiq adaptiv, motivatsion mezonlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarida vatanparvarlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik muammolarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarida oliy hislar shakllanishiga bevosita ta’sir qiluvchi ijtimoiy ustanovkalar shaxsning kognitiv, konativ, emotsional attityudlari vositasida guruhga identifikatsiyalanish funksiyasi bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli vatanparvarlikning refleksiv darajada rivojlanishini ta’minlashi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-fevraldagi PM-08-M-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-fevraldagi PM-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab ta’limi sohasi uchun tayyorlanadigan psixolog va pedagoglarda bo‘lishi lozim kasbiy va shaxsiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning namunaviy rejasi ishlab chiqilgan;
yuqori sinf o‘quvchilaridagi axloqiy hislarning qadriyatlar tizimida integrativ rivojlanishi shaxs legitim individualizmining etnik xususiyatlarga transformatsiyalashuvini ta’minlashi sababli milliy identifikatsiyani kuchaytirishi hamda vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanishida yetakchi ijtimoiy omil sifatida ifodalanishi asoslanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-fevraldagi PM-08-M-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-fevraldagi PM-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markazning ilmiy-amaliy ta’minoti kuchaytirilib, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
Vatan haqidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanishida shaxs milliy o‘z-o‘ziga beradigan bahosi irodaviy komponentining ekzistensial darajada namoyon bo‘lishi tufayli vatanparvarlikning “konformlik” tipi rivojlanishi bilan bog‘liq psixologik omillar ustuvor xarakterni ifodalagan referentometrik ta’sirga ega ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-fevraldagi PM-08-M-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-fevraldagi PM-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab ta’limi tizimi psixolog va pedagoglarida yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yordamida vatanparvarlikning “konformlik” tipini rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘nikmalarni egallash, ratsional bilim va tasavvurlarni shakllantirish jarayoni takomillashtirilgan;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash integral modeli shaxs qadriyatlar tizimidagi etnik altruizm shaxsning o‘zini-o‘zi internal transformatsiyalashi sababli tizimli-faoliyatli yondashuvga muvofiq adaptiv, motivatsion mezonlarni kiritish asosida takomillashtirilganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-fevraldagi PM-08-M-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 4-fevraldagi PM-08-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab ta’limi tizimi uchun tayyorlanayotgan psixolog va pedagoglar faoliyatida shaxs yo‘nalganligining diagnostikasiga oid ilmiy, o‘quv-metodik ta’minoti kuchaytirilgan, bu o‘z navbatida vatanparvarlikning shaxs psixologik tuzilmasidagi o‘rni, ahamiyati to‘g‘risida bo‘lg‘usi mutaxassislardagi bilim va tasavvurlarni rivojlantirishga, yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.