Xoliqulov Bekzod Jovliyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda web platformadan foydalanish asosida kompyuterli modellashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4212.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Ergashev Nuriddin G‘ayratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Xusniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Uzokov Zair, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishi talabalarining web platformadan foydalangan holda dasturlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika ixtisosliklaridagi ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalanishning mavjud yondashuvlari va metodikalari muhandislik masalalari, algoritm blok-sxema tuzish kabi amaliy topshiriqlar hamda modellashtirishda ochiq web platforma muhitlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
kompyuterli modellashtirish metodikalari aniqlashtirilib, talabalarda texnik modellashtirish, loyihalashtirish kabi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda kompetentli yondashuvdan integrativ foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan;
talabalarni kompyuterli modellashtirishga o‘rgatish jarayoni modelining texnologik bloki muhandislik masalalar algoritm blok-sxemasiga reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli va kreativ topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
masalalar mantiqiy davomiyligi va davriyligini ta’minlash orqali talabalar algoritmik fikrlashini rivojlantirish hamda kompyuterli modellashtirishga tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy metodik ta’minotdan foydalanish metodikasi muammoli ta’lim texnologiyasi, tarmoqlanuvchi, chiziqli va siklik jarayonlarni hamda massivlarni dasturlash texnologiyalari asosida funksional jihatdan takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda web platformadan foydalanish asosida kompyuterli modellashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish fani misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kompyuterli modellashtirish metodikalari aniqlashtirilib, talabalarda texnik modellashtirish, loyihalashtirish kabi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda kompetentli yondashuvdan integrativ foydalanish imkoniyatlariga doir takliflardan “MechaUZ Project” nomli halqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2023-yil 24-yanvardagi 04/1-270-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kompyuterli modellashtirish va dasturiy metodik ta’minotlar asosida dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
talabalarni kompyuterli modellashtirishga o‘rgatish jarayoni modelining texnologik bloki muhandislik masalalar algoritm blok-sxemasiga kiritilgan reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli va kreativ topshiriqlardan “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Guvohnoma № 500-685). Natijada, talabalarning dasturlash kompetensiyalari web platformaning didaktik vositalari asosida takomillashtirishga erishilgan;
masalalar mantiqiy davomiyligi va davriyligini ta’minlash orqali talabalar algoritmik fikrlashini rivojlantirish hamda kompyuterli modellashtirishga tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy metodik ta’minotdan foydalanishga doir muammoli ta’lim texnologiyasi, tarmoqlanuvchi, chiziqli va siklik jarayonlarni hamda massivlarni dasturlash texnologiyalari asosida funksional jihatdan takomillashtirilgan metodikadan “ITEM Project” nomli halqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2023-yil 25-yanvardagi 02/02-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ravishda Python dasturlash tilida dasturiy ilovalar ishlab chiqishni rivojlantirish orqali kompyuterli modellashtirish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasi va sifati oshirishga erishilgan.