Turayev Yolqin Sherzod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Boshlang‘ich ta’limga o‘tayotgan bolalar misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/PeD3804.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy raxbar: Xo‘jaqulov Akbar Eshquvatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Qaxxorov Siddiq Qaxxorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Uzoqova Gulnoza Sa’dullayevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabga tayyorlov guruhidan boshlang‘ich ta’limga o‘tayotgan bolalarda tabiat bilan tanishtirish orqali dalilli asoslash ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabga tayyorlov guruhidan boshlang‘ich ta’limga o‘tayotgan bolalarda tabiat bilan tanishtirish orqali dalilli asoslash ko‘nikmalari tushunchasi hamda mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish mazmuni taxminni ilgari surish, taxminni isbotlash, dalil va usullarni tanlash, sabab-oqibat munosabatlarini o‘rnatish hamda nutqiy ko‘nikmalar uzviyligida tadrijiylikni ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bolalarda dalilli asoslash ko‘nikmalarni shakllantirish tizimli-faoliyatli, integrativ va muammoli-kommunikativ yondashuvlarning kordinativ kombinatsiyasi orqali amalga oshirilishi asoslangan;
bolalarni tabiat bilan tanishtirishda taxminni ilgari surish, munozaraga kirishish, dalilli asoslash hamda xulosa chiqarish ko‘nikmalari tizimi lingvistik aloqa vositalarini hamda kommunikativ vaziyatni modellashtirish usullarini tatbiq etish, axborotli va bahs-munozarali muloqotlar dasturini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhidan boshlang‘ich ta’limga o‘tayotgan bolalarda dalilli asoslash ko‘nikmalarini shakllantirish modelining metodik-tartibiy komponenti o‘yin texnologiyalaridan bevosita ta’limiy faoliyatda, hamkorlikdagi faoliyatda va mustaqil ta’limiy faoliyatda tizimli foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabga tayyorlov guruhidan boshlang‘ich ta’limga o‘tayotgan bolalarda tabiat bilan tanishtirish orqali dalilli asoslash ko‘nikmalari tushunchasi hamda mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish mazmuni taxminni ilgari surish, taxminni isbotlash, dalil va usullarni tanlash, sabab-oqibat munosabatlarini o‘rnatish hamda nutqiy ko‘nikmalar uzviyligida tadrijiylikni ta’minlash asosida aniqlashtirilganligiga doir xulosalari “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan 538-136-son guvohnomasi). Natijada maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sifati bolalarda tabiatga oid tushunchalarni samarali shakllantirish imkonini bergan;
bolalarni tabiat bilan tanishtirishda taxminni ilgari surish, munozaraga kirishish, dalilli asoslash hamda xulosa chiqarish ko‘nikmalari tizimi lingvistik aloqa vositalarini hamda kommunikativ vaziyatni modellashtirish usullarini tatbiq etish, axborotli va bahs-munozarali muloqotlar dasturini ishlab chiqish orqali takomillashtirilganligiga doir tajribalar IL-402104274-raqamli «Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va electron platforma yaratish» mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti tomonidan 2023-yil 28-aprelda berilgan 126-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslahga o‘rgatish texnologiyalari loyihani bajarishda yaratilgan elektron platformani boyitishga xizmat qilgan;
maktabga tayyorlov guruhidan boshlang‘ich ta’limga o‘tayotgan bolalarda dalilli asoslash ko‘nikmalarini shakllantirish modelining metodik-tartibiy komponenti o‘yin texnologiyalaridan bevosita ta’limiy faoliyatda, hamkorlikdagi faoliyatda va mustaqil ta’limiy faoliyatda tizimli foydalanish asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryo viloyatlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi 03-03/2-3166-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkonini bergan.