Xolikov Baxodir Alikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Detektiv romanlarda voqelikning badiiy talqinini tizimli modellashtirish (Mario P`yuzoning «Cho‘qintirgan ota» («The Godfather») va Tohir Malikning «Shaytanat» asarlari misolida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil84.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc. 27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori; Babaeva Salima Ro‘zievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi:
detektiv asarlarning poetikasi masalalari, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy muammolarni yoritishda muallifning ijodiy uslubi va badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
detektiv matnlarning janr sifatidagi maqomi qiyosiy-tipologik, tarixiy-madaniy aspektda yoritilib, ulardagi yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurash, insonparvarlik g‘oyalari, insonning shaxsiy muammolari, jinoyatchining ko‘nglida ro‘y beradigan ma’naviy hamda psixologik holatlarning o‘xshash va farqli tomonlari asoslangan;
qiyoslangan har ikki asarda qo‘llangan frazeologik birliklar, hikmatli so‘zlar, falsafiy mushohadalar, qahramonlar nutqining individual shakllari yozuvchilarning badiiy mahorati, iste’dodi, to‘plagan ilm va tajribalari mahsuli sifatida yuzaga kelganligi isbotlangan;
an’anaviy janrlardan farqli ravishda detektiv janrning qonun buzilishi, jinoyatchilik, uning fosh etilishi, adolatning qaror topishi bilan bog‘liq motivlarning yetakchi o‘rin egallashi xususidagi badiiy konsepsiya asoslab berilgan;
detektiv janr mohiyatini ochib beradigan mustaqil poetik komponentlar, ya’ni «maqtul», «izquvar», «qotil» obrazlarining badiiy strukturasi, ularning badiiyat olamida bir yadro atrofida markazlashganligi dalillangan;
detektiv janr genezisining jahon xalqlari ijtimoiy-badiiy tafakkurining qadim davrlariga borib bog‘lanishi jahon fol`klori namunalari, dostonlar, diniy-ma’rifiy, falsafiy va adabiy-badiiy manbalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«The Godfather» va «Shaytanat» asarlaridagi voqelikning badiiy talqinini tizimli modellashtirib tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida ochib berilgan detektiv janr muammosi xususidagi nazariy umumlashmalardan «O‘zbek adabiyoti antologiyasi»ni ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo kommunikatsiya muammolari» mavzusidagifundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 23 oktyabrdagi FTA-02-11/934-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiya va xulosalar adabiyot sohasidagi xalqaro adabiy aloqalar taraqqiyotiga hamda adabiyotlararo kommunikatsiya muammolarining samarali hal etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
detektiv qahramon badiiy modelining real voqelik, ijodkor va badiiy asar atalmish uch sath tizimida shakllanish tamoyillariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlanadigan «Bedorlik» nomli turkum radioeshittirishlarining 2017 yil 28 oktyabr` kunidagi sonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2017 yil 27 oktyabrdagi O‘z/R-1-103-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘zbek va ingliz adabiy aloqalarining bugungi holati, o‘zbek va AQSh romanlarida ko‘tarilgan umumbashariy muammolar, mavzular ko‘lami, bugungi romanlarning janr tabiati haqida ma’lumotlar berishda, radiotinglovchilarni zamonaviy detektiv nasri yozuvchilarining asarlari bilan yaqindan tanishtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining «Adabiyot bo‘stoni» nomli turkum ko‘rsatuvlarini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2017 yil 23 oktyabrdagi 01-12/822-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ko‘rsatuvlarning ob’ektiv, xolis yondashuv asosida tayyorlanishi, ma’naviy ta’sirchanligi, badiiy emotsionalligi hamda tarbiyaviy jihatini oshirishga imkon bergan.