Xujayarova Nafisa Sultanmurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1783.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 
DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxon Ermekbayevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nurumbekova Yarkinoy Anarmatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni ijodiy-o‘yinli pedagogik vaziyatlarni barqaror ravishda shakllantirish, shaxsiy xususiyatlarning indvidual rivovjlanish imkoniyatlarini refleksiv tarzda aniqlash hamda motivatsion-faoliyatli faollik tadrijiyligiga integratsion-vektorli ta’sir ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi o‘z-o‘ziga beriladigan bahoning adekvatligini tasniflash, tevarak atrofdagi hodisalarni kuzatish, ularning o‘xshashligi, farqini topishga o‘rgatish hamda ijtimoiy shaxsiy fazilat va individual-pedagogik xususiyatlarning o‘zaro pragmatik uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlikni ta’minlovchi komponentlar amaliy natijadorligini ta’minlashga qaratilgan davriy va uzluksiz didaktik tayyorgarligini izchil nazorat qilish hamda ta’lim sub’ektlari orasida sog‘lom raqobat muhitini bosqichma-bosqich o‘rnatish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi fundamental va nazariy bilimlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish, mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish hamda nostandart vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan mantiqiy masalalarni ta’lim maqsadlariga mos ravishda intensiv kiritib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni ijodiy-o‘yinli pedagogik vaziyatlarni barqaror ravishda shakllantirish, shaxsiy xususiyatlarning indvidual rivovjlanish imkoniyatlarini refleksiv tarzda aniqlash hamda motivatsion-faoliyatli faollik tadrijiyligiga integratsion-vektorli ta’sir ko‘rsatish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’lim xizmatlari va barkamol avlodni tarbiyalash tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-424-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
 bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi o‘z-o‘ziga beriladigan bahoning adekvatligini tasniflash, tevarak atrofdagi hodisalarni kuzatish, ularning o‘xshashligi, farqini topishga o‘rgatish hamda ijtimoiy shaxsiy fazilat va individual-pedagogik xususiyatlarning o‘zaro pragmatik uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim xizmatlari va barkamol avlodni tarbiyalash tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-424-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini metodik ta’minotini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlikni ta’minlovchi komponentlar amaliy natijadorligini ta’minlashga qaratilgan davriy va uzluksiz didaktik tayyorgarligini izchil nazorat qilish hamda ta’lim sub’ektlari orasida sog‘lom raqobat muhitini bosqichma-bosqich o‘rnatish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim xizmatlari va barkamol avlodni tarbiyalash tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-424-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bu yondashuvlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishda fundamental, nazariy bilimlarni rivojlantirish, mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish, kasbiy yo‘naltirilgan masalalarni yechish bo‘yicha “Ta’lim xizmatlari va barkamol avlodni tarbiyalash tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-424-raqamli guvohnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mezonlari, omil, shakl va usullarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish