Xonimov Sharofiddin Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi va tashabbuskorligini oshirishning madaniy-mafkuraviy omillari 09.00.05 – “Milliy g‘oya va targ‘ibot texnologiyalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal649.
Ilmiy rahbar: Musayev Odil Rahmatovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlar doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘ravoy, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi va tashabbuskorligini oshirish targ‘ibot texnologiyalarining komil insonni tarbiyalash vositasi sifatidagi mafkuraviy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimi liberallashuvining jumladan, xususiy ta’lim tizimining tashkil etilishi, kvotalar erkinligi, xorij ta’lim muassasalarida davlat granti asosida o‘qish imkoniyati, oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy erkinlik berilganligi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish imkoniyatini joriy etish yoshlar ongida barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish jarayonlarida malakali mutaxassis sifatida faol ishtirok etish va kelajakga ishonch ruhini shakllantirishning targ‘ibot texnologiyasi ekanligi asoslangan;
«yosh tadbirkor», «yosh ishbilarmon», «yosh muhandis» loyihalarining yangi avlod ongida iqtisodiy barqarorlik tuyg‘usini shakllantirish hamda madaniy plyuralizm, mafkuraviy birdamlik taraqqiyotimiz asosi bo‘lishligi tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy faollik darajasini oshirish omili, ular tashabbuslarini ommalashtirishning barcha yoshlarga ibrat bo‘lish imkoniyati ekanligi ochib berilgan;
yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarning, xususan inklyuziv ta’lim, xalqaro va respublika sport musobaqalarida ishtirok etish, arzon uy joy bilan ta’minlanish, ularning ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash ular qalbida o‘z taqdirini o‘zi yaratish, tenglar qatorida teng bo‘lib yashash, jamiyat taraqqiyotining barcha sohalaridagi islohotlarda faol ishtirok etish istagini shakllantirishning mafkuraviy texnologiyasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
«yoshlar parlamenti» yangi avlod rahbar kadrlarini tayorlash mexanizmi, «yosh olimlar kengashi» faoliyatining tashkil etilishi ilmiy ixtiro va kashfiyotlarning jamiyatni rivojlantirish omili, «yosh ijodkorlar kengashi» milliy san’at va madaniyatni xalqaro darajada targ‘ib etish texnologiyasi sifatida amal qilishining falsafiy jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi va tashabbuskorligini oshirishning madaniy-mafkuraviy omillarini asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimi liberallashuvining jumladan, xususiy ta’lim tizimining tashkil etilishi, kvotalar erkinligi, xorij ta’lim muassasalarida davlat granti asosida o‘qish imkoniyati, oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy erkinlik berilganligi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish imkoniyatini joriy etish yoshlar ongida barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish jarayonlarida malakali mutaxassis sifatida faol ishtirok etish va kelajakga ishonch ruhini shakllantirishning targ‘ibot texnologiyasi ekanligiga doir xulosalardan «Yuksalish» Umummilliy harakati faoliyatining targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Yuksalish» Umummilliy harakatining 2022-yil 2-dekabrdagi 1317/22-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlarda oliy malakali mutaxassis bo‘lish, to‘g‘ri kasb tanlash va o‘z-o‘zini anglashiga xizmat qilgan;
«yosh tadbirkor», «yosh ishbilarmon», «yosh muhandis» loyihalarining yangi avlod ongida iqtisodiy barqarorlik tuyg‘usini shakllantirish hamda madaniy plyuralizm, mafkuraviy birdamlik taraqqiyotimiz asosi bo‘lishligi tuyg‘usini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy faollik darajasini oshirish omili, ular tashabbuslarini ommalashtirishning barcha yoshlarga ibrat bo‘lish imkoniyati ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2022-yil birinchi yarim yillik uchun yagona ish rejasining 11 va 18-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2022-yil 11-noyabrdagi 04-13/881-son ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zolar sonining ko‘payishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yoshlar yangi avlodining shakllanishiga xizmat qilgan;
yangi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarning, xususan inklyuziv ta’lim, xalqaro va respublika sport musobaqalarida ishtirok etish, arzon uy joy bilan ta’minlanish, ularning ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash ular qalbida o‘z taqdirini o‘zi yaratish, tenglar qatorida teng bo‘lib yashash, jamiyat taraqqiyotining barcha sohalaridagi islohotlarda faol ishtirokchisi bo‘lish istagida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil birinchi yarim yillik uchun yagona ish rejasining 15, 19, 22 hamda 24-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 11-noyabrdagi 1-03-23-3800-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Yoshlar ishlari agentligining imkoniyati cheklangan yoshlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ular tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid dasturlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilishda tizimli foydalanishga xizmat qilgan;
«yoshlar parlamenti» yangi avlod rahbar kadrlarini tayorlash mexanizmi, «yosh olimlar kengashi» faoliyatining tashkil etilishi ilmiy ixtiro va kashfiyotlarning jamiyatni rivojlantirish omili, «yosh ijodkorlar kengashi» milliy san’at va madaniyatni xalqaro darajada targ‘ib etish texnologiyasi sifatida amal qilishiga oid xulosalardan Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilab olingan “Mahallaning fuqarolar, ayniqsa yoshlarni ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalashda, shuningdek, ijtimoiy sohadagi ishlarining samaradorligini oshishirish”ga oid vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2022-yil 22-noyabrdagi 02/02-229-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning takomillashgan mexanizmlarini ishlab chiqish, ijtimoiy-siyosiy faol yangi avlod yoshlarini tarbiyalashga xizmat qilgan.