Imankulova Inobat Mahkambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mahkambaevnaning “O‘zbekiston zamonaviy ssenografiyasining asosiy tendensiyalari (musiqali teatrlar misolida)”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/San100.
Ilmiy rahbar: Kadirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kultasheva Nigora Daniyarovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi musiqali drama, opera va balet, operetta teatrlari ssenografiyasining asosiy yo‘nalishlari, badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr ssenografiyasining shakllanish va rivojlanish jarayonida sahna bezagining “illyuziya” va “obrazlilik” kabi tasviriy ifodalari yuzaga kelgani isbotlangan;
musiqali teatrda tarixiy va fol`klor mavzuidagi asarlar sahnalashtirilishi ssenografiyada “ramziy-allegorik”, “falsafiy-poetik”, “fol`klor-etnografik” kabi badiiy-g‘oyaviy uslublarni paydo bo‘lishga ta’siri ko‘rsatilgani dalillangan;
o‘zbek milliy musiqa san’ati merosi va adabiyotiga tayanib musiqiy dramaturgiyani hosil qilishga intilish, milliy tasviriy va amaliy bezak san’ati namunalarining sahnada qo‘llanilishi “milliy opera”, “milliy balet” kabi tushunchalarning teatrga kirib kelishiga asos bo‘lgani aniqlangan;
operetta ssenografiyasidagi muhit tasviri va obrazlarni gavdalantirish, sahna makoni yaratishda etnomadaniy ifodaviy vositalar, xalq amaliy san’ati bezak motivlari kabi uslubiy topilmalarning operetta janriga buysundirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston zamonaviy ssenografiyasining asosiy tendensiyalari (musiqali teatrlar misolida)ni tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek milliy musiqa san’ati merosi va adabiyotiga tayanib musiqiy dramaturgiyani hosil qilishga intilish, amaliy bezak san’ati namunalarining sahnada qo‘llanilishi “milliy opera”, “milliy balet” kabi tushunchalarning teatrga kirib kelishiga asos bo‘lgani bo‘yicha olingan natijalardan “Ssenografiya va libos tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-416-son nashr guvohnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma yangi davr o‘zbek ssenografiyasi rivoji, asosiy xususiyatlari, teatr rassomlari faoliyati yaxlit o‘rganilib, soha vakillari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
musiqali teatrda tarixiy va fol`klor mavzuidagi asarlar sahnalashtirilishi ssenografiyada “ramziy-allegorik”, “falsafiy-poetik”, “fol`klor-etnografik” kabi badiiy-g‘oyaviy uslublarni paydo bo‘lishga ta’siri ko‘rsatilgani dalillangani bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat unitar korxonasining “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” DUKning 2021 yil 21 sentyabrdagi 01-14/171-son ma’lumotnomasi.) Natijada, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ssenografiyasidagi badiiy-g‘oyaviy uslublar tahliliy ochib berilib, sahnalashtirish jarayonining yanada takomillashuviga xizmat qilgan;
operetta ssenografiyasidagi muhit tasviri va obrazlarni gavdalantirish, sahna makoni yaratishda etnomadaniy ifodaviy vositalar, xalq amaliy san’ati bezak motivlari kabi uslubiy topilmalarning operetta janriga buysundirilishiga asoslangani bo‘yicha natijalardan “Ssenografiya va libos tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-416-son nashr guvohnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma yangi davr o‘zbek opera teatri ssenografiyasida milliy motivlarning yetakchilik qilganligi va milliy opera san’atining badiiy xususiyatlari soha vakillari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
XX asr ssenografiyasining rivojlanish jarayonida sahna bezagining “illyuziya” va “obrazlilik” kabi tasviriy ifodalari yuzaga kelgani isbotlangan bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat unitar korxonasining “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” DUKning 2021 yil 21 sentyabrdagi 01-14/171-son ma’lumotnomasi.) Natijada, ko‘rsatuvda o‘zbek milliy musiqali teatri ssenografiyasida badiiy ifodaviy vositalarining rivojlanish bosqichlari ochib berilishiga xizmat qilgan.