Zohidov Azamatjon A’zamovichning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt30.

Ilmiy maslahatchi: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Muxammadali Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli yondashuv asosida Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

avtomobil` va temir yo‘l transporti kompleksini monitoring qilishga va sohadagi muammolarning ta’sir darajasini aniqlashga mo‘ljallangan, mamlakat transport koridorlari imkoniyatini, tranzit salohiyati hamda transport logistikasi samaradorligiga baho beruvchi indikatorlar ishlab chiqilgan;

mintaqa transport tizimidan kutilayotgan natijalar va tizim ko‘rsatayotgan xizmatlar o‘rtasidagi tafovutni, mintaqada transport sohasidagi hamkorlikning amaldagi mexanizmi muammolarini aks ettiruvchi vaziyat modeli ishlab chiqilgan;

mintaqa transport loyihalari istiqbollarini belgilovchi optimistik  (O‘zbekiston manfaatlariga to‘liq mos keladigan), pessimistik (O‘zbekiston manfaatlariga to‘liq zid bo‘lgan) va realistik (amalga oshish ehtimoli yuqori bo‘lgan koridorlar yuzasidan) ssenariylar ishlab chiqilgan;

O‘zbekiston Respublikasining transport sohasidagi iqtisodiy manfaatlari tizimlashtirilgan va ularga bo‘lgan potensial va real tahdidlar ilmiy asoslangan;

umummintaqaviy dasturlar yordamida tartibga solishni nazarda tutuvchi mintaqa transport tizimini samarali muvofiqlashtirish mexanizmining sakkiz bosqichli konseptual modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Markaziy Osiyo transport tiziminisamarali boshqarish mexanizmlarini tadqiq etish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:

avtomobil` va temir yo‘l transporti kompleksini monitoring qilishga va sohadagi muammolarning ta’sir darajasini aniqlashga mo‘ljallangan, mamlakat transport koridorlari, tranzit salohiyati hamda transport logistikasi samaradorligiga baho beruvchi indikatorlar “O‘zbekistonning transport-tranzit salohiyatini takomilashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2017 yil 26 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Transport tizimini baholovchi indikatorlar mazkur tizimdagi salbiy tendensiyalarni o‘z vaqtida aniqlashda va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam beradi. Mazkur ilmiy natijalar asosida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 dekabr` 02/125-43 raqami bilan vakolatli vazirlik va idoralarga sohani rivojlantirish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmasi tushirilgan;

Markaziy Osiyo transport tizimining vaziyat modeli bilan bog‘liq ilmiy natijalar O‘zbekiston Avtomobil` va daryo transporti agentligi tomonidan (Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga ko‘ra ishlab chiqilgan Harakatlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Avtomobil` va daryo transporti agentligining 2017 yil 21 dekabrdagi 3/4667-son ma’lumotnomasi). Mintaqa transport tizimining vaziyat modeli mazkur tizimdan kutilayotgan natijalar va tizim ko‘rsatayotgan xizmatlar o‘rtasidagi tafovutni, tizim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasini hamda mintaqa davlatlarining transport sohasidagi hamkorligining amaldagi mexanizmi muammolarini aniqlashga xizmat qilgan;

O‘zbekiston manfaatlari kesimida mintaqa transport koridorlari va loyihalari istiqbollarini belgilovchi ssenariylar bilan bog‘liq xulosalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2017 yil 21 dekabrdagi NZK/5713-17-raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur ssenariylar O‘zbekiston manfaatidagi transport koridorlarini istiqbolli faoliyatini ta’minlash orqali milliy transport-tranzit tizimini samarali rivojlantirish bo‘yicha respublika darajasidagi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Respublikasining transport sohasidagi milliy manfaatlari va ularga tahdidlar 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida tasdiqlash ko‘zda tutilgan havfsizlik konsepsiyasi loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining 2017 yil 6 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Transport sohasidagi milliy manfaatlarga bo‘lgan tahdidlarni belgilanganligi mamlakat transport tarmog‘ining vakolatli vazirlik va idoralari tomonidan mazkur tahdidlarning oldini olish va ularning salbiy ta’sirni kamaytirish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda asos bo‘lgan;

mintaqaviy transport tizimini samarali muvofiqlashtirish mexanizmining konseptual modeli bilan bog‘liq ilmiy natijalar O‘zbekiston Avtomobil` va daryo transporti agentligi tomonidan Amaliy chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Avtomobil` va daryo transporti agentligining  2017 yil 21 dekabrdagi 3/4667-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi mintaqaviy transport tizimini muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishda konseptual ahamiyat kasb etadi, xususan Markaziy Osiyo transport tizimini rivojlantirishning umummintaqaviy dasturlarini ishlab chiqishda yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish