Yusupova Nargiza Shakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh taekvondochilarning (WT) maxsus jismoniy tayyorgarligini innovatsion texnologiyadan foydalangan holda nazorat qilish usuli”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4250.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Rasmiy opponentlar: Yugay Lev Pavlovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yarashev Komil Dexkanovich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yakkakurashchi zarbalarini o‘lchash uchun dasturli apparat majmuasini ishlab chiqish orqali yosh taekvondochilarning (WT) maxsus jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh taekvondochilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun “Yakkakurashchi zarbalarini o‘lchash dasturli apparat majmuasi” (portlovchi chidamlilik koeffisenti, portlovchi chidamlilik indeksi, kreatinfosfat ishlash indeksi, tezkor chidamlilik koeffisenti, tezkor chidamlilik indeksi, glikolitik chidamlilik, tezkor-kuch tayyorgarligining integral indeksi) va undagi mashqlarni mashg‘ulotlar mazmuniga kiritish hisobiga maxsus harakat tayyorgarligi takomillashtirilgan;
10-13 yoshli taekvondochilarning musobaqalarda to‘satdan vujudga keladigan qarshi hujumlar javob reaksiyasini shakllantirish uchun zarba kuchining umumiy quvvati va aniqligini baholashda qo‘llaniladigan maxsus testlar majmuasi (3 raund 1 daqiqa ishlash), sportchining signaldan keyingi reaksiyasi (signalda zarba), tezkor chidamliligi (bittalik zarba va 5 soniyada umumiy kuch)ni aniqlash hisobiga takomillashtirilgan;
yosh taekvondochilarning funksional, jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish hamda baholash uchun “TABO-STAR” dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda yosh taekvondochilarning qaysi turdagi zarbalarni ko‘p yoki kamroq berilganligi (5 soniyada umumiy kuch, signalda zarba, signalsiz zarba, 15 soniyada zarbalar soni, 8-40 soniyali)ni aniqlash hisobiga texnik tayyorgarligi takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-13 yoshli taekvondochilarda musobaqaoldi o‘quv-mashg‘ulotlari zarbalarini o‘lchash uchun apparat-dasturiy kompleksi sportchi tomonidan belgilangan vaqt davomida yo‘llagan zarbalarining soni va aniqligi, traektoriyasi, qaysi turdagi zarbalarni ko‘p yoki kam yo‘llaganligi, bittalik va ikkitalik zarbalar miqdorini aniqlash hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh taekvondochilarning (WT) maxsus harakat tayyorgarligini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda nazorat qilish usuli yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida: 
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh taekvondochilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun “Yakkakurashchi zarbalarini o‘lchash uchun dasturli apparat majmuasi” va undagi mashqlarni mashg‘ulotlar mazmuniga kiritish bo‘yicha takliflar, Sirdaryo viloyati Bolalar va o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi yosh taekvondochilarning mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 6 maydagi 89-03-1619-son ma’lumotnoma). Natijada 10-13 yoshli taekvondochilarning portlovchanlik chidamlilik koeffisenti 11,8%ga, portlovchanlik chidamlilik indeksi 12,1% ga, kreatinfosfat ishlash indeksi 12,8% ga va so‘nggi taekvondochilarning tezkor chidamlilik koeffisenti dinamikasi 14,5% ga yaxshilangan va maxsus harakat tayyorgarligi takomillashtirilgan;
10-13 yoshli taekvondochilarning musobaqalarda to‘satdan vujudga keladigan qarshi hujumlar javob reaksiyasini shakllantirish uchun zarba kuchining umumiy quvvati va aniqligi, baholashda qo‘llaniladigan maxsus testlar majmuasi (3 raund 1 daqiqa ishlash), sportchining signaldan keyingi reaksiyasi (signalda zarba), tezkor chidamliligi (bittalik zarba va 5 soniyada umumiy kuch)ni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan maxsus testlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Taekvondo nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan 233-0045 raqamli guvohnoma). Natijada taekvondochilar zarba kuchining umumiy quvvat ko‘rsatkichlari 10 yoshlilarda 14% ga, 11 yoshlilarda 15,1% ga, 12 yoshlilarda 15,9%ga, 13 yoshlilarda 16,4% ga hamda taekvondochilarning aniqlik ko‘rsatkichlari 10 yoshlilarda 12,3%ga, 11 yoshlilarda 13,6% ga, 12 yoshlilarda 15,53%ga va 13 yoshlilarda 16,8% ga ortganligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
yosh taekvondochilarning funksional, jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish hamda baxolash uchun “TABO-STAR” dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda yosh taekvondochilarning qaysi turdagi zarbalarni ko‘p yoki kamroq berilganligi (5 soniyada umumiy kuch, signalda zarba, signalsiz zarba, 15 soniyada zarbalar soni, 8-40 soniyali)ni aniqlash hisobiga texnik tayyorgarligi takomillashtirilib Sirdaryo viloyati Bolalar va o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi yosh taekvondochilarning o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 6 maydagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-13 yoshli taekvondochilarning maxsus harakatlar tayyorgarligini tizimli nazorat qilish orqali taekvondochilarning portlovchanlik, chidamlilik koeffisenti 17%ga, portlovchanlik, chidamlilik indeksi 15,9% ga, kreatinfosfat ishlash indeksi 15,4%ga, tezkor chidamlilik koeffisenti 16,3%ga, tezkor chidamlilik indeksi 16% ga ortgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-13 yoshli taekvondochilarda musobaqaoldi o‘quv-mashg‘ulotlari zarbalarini o‘lchash uchun apparat-dasturiy kompleksi sportchi tomonidan belgilangan vaqt davomida yo‘llagan zarbalarining soni va aniqligi, traektoriyasi, qaysi turdagi zarbalarni ko‘p yoki kam yo‘llaganligi, bittalik va ikkitalik zarbalar miqdorini aniqlash hisobiga takomillashtirish bo‘yicha takliflar Sirdaryo viloyati Bolalar va o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi yosh taekvondochilarning maxsus harakatlarining rivojlanishi hamda yosh taekvondochilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llaniladigan vositalarning samaradorligini aniqlash maqsadida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 6 maydagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada taekvondochilarning tezkor chidamlilik indeksi bo‘yicha 13,11% ga, glikolitik chidamlilik indeksi 13,8% ga, integral ish kuchi indeks dinamikasi 14,3% ga va so‘nggi tezkor-kuch tayyorgarligining integral indeksi 14% ga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish