Utegenov Jalg‘asbay Jaqsimbayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-yoshlarda jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga ehtiyoj va qiziqishlarini shakllantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped850.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiyev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jammatov Jasurbek Sharipovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba-yoshlarning jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari mazmunini takomillashtirish orqali talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gipertermik sharoit va uning ta’sirida, gipodinamik omillarni inobatga olib mashg‘ulot mazmuniga sport turlarini jismoniy sifatlarni rivojlantirish ta’siri bo‘yicha uchta blokka (kurash, siklik sport turlari, sport o‘yinlari mashqlari) taqsimlab kiritish hisobiga tayyorgarligi oshirilgan;
talabalarda jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari asosida mushaklarni maksimal darajada cho‘ziltirib kerakli holatni saqlab turishga qaratilgan turli xil yuklamalardan so‘ng og‘riqga moslashuvchanlik darajasini pasaytirish maqsadida statik cho‘zish mashqlarini bajartirish hisobiga mashg‘ulotlarda jarohatlanishni oldini olish imkoniyati oshirilgan;
talabalarda chiroyli qaddi-qomatni shakllantirishga qaratilgan izometrik cho‘zilishga asoslangan mushak tonusini oshirish uchun bo‘shashish bilan almashinadigan relaksatsiya tanani shakllantirishga qaratilgan mashqlarini (oyoqlarni oldinga cho‘zish va tayanchdan 15 sm tepaga ko‘tarish, so‘ngra oyoqlarni pastga tushirish va bo‘shashtirish kabi) kiritish hisobiga tanani elastikligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalar bilan olib boriladigan intensiv sport mashg‘ulotlarida mushaklar kuchlanishini pasaytirish, qon aylanishini yaxshilash tana chidamliligini moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan dinamik cho‘zish mashqlarini tezlikni asta sekin oshirishga va harakat amplitudasini kengaytirishga qaratilgan ballistik cho‘zish mashqlari bilan bajartirish hisobiga faol dam olish hamda stresni kamaytirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga qiziqishi va ehtiyojini shakllantirish va o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
gipertermik sharoit va uning ta’sirida, gipodinamik omillarni inobatga olib mashg‘ulot mazmuniga sport turlarini jismoniy sifatlarni rivojlantirish ta’siri bo‘yicha uchta blokka (kurash, siklik sport turlari, sport o‘yinlari mashqlari) taqsimlab kiritish hisobiga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2020 yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-0599 raqamli guvohnoma). Natijada mashg‘ulotlarda davomatni 8‚4% ga yaxshilash‚ talabalar harakat faolligining umumiy hajmini 11‚3% ga shiddati oshirilgan;
talabalarda jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari asosida mushaklarni maksimal darajada cho‘ziltirib kerakli holatni saqlab turishga qaratilgan turli xil yuklamalardan so‘ng og‘riqga moslashuvchanlik darajasini pasaytirish maqsadida statik cho‘zish mashqlarini bajartirish hisobiga mashg‘ulotlarda jarohatlanishni oldini olish imkoniyatini oshirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpoq davlat universitetida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12-oktabrdagi 01-14/1849-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasini 10‚5% ga oshirish uchun sharoit yaratgan;
talabalarda chiroyli qaddi-qomatni shakllantirishga qaratilgan izometrik cho‘zilishga asoslangan mushak tonusini oshirish uchun bo‘shashish bilan almashinadigan relaksatsiya tanani shakllantirishga qaratilgan mashqlarini (oyoqlarni oldinga cho‘zish va tayanchdan 15 sm tepaga ko‘tarish, so‘ngra oyoqlarni pastga tushirish va bo‘shashtirish kabi) kiritish hisobiga tanani elastikligini oshirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpoq davlat universitetida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12-oktabrdagi 01-14/1849-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning jismoniy tarbiya va sportga qiziqish darajasini 11‚2% ga oshirish uchun sharoit yaratgan;
talabalar bilan olib boriladigan intensiv sport mashg‘ulotlarida mushaklar kuchlanishini pasaytirish, qon aylanishini yaxshilash tana chidamliligini moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan dinamik cho‘zish mashqlarini tezlikni asta sekin oshirishga va harakat amplitudasini kengaytirishga qaratilgan ballistik cho‘zish mashqlari bilan bajartirish hisobiga faol dam olish hamda stresni kamaytirish imkoniyatini oshirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpoq davlat universitetida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12-oktabrdagi 01-14/1849-son dalolatnomasi). Natijada jismoniy tarbiya darsi mashg‘ulotlarida qatnashayotgan talabalarning jismoniy sifatlari 12,3% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish