Ermatov Sherzod Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishonchli va informativ testlardan foydalanish orqali iqtidorli bolalarni futbolga tanlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2780.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Kipchakov Baxodir Baxriddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiyev Ildar Axmedovich, pedogogika fanlari doktori, professor; Tolibjonov Asqar Imomdjonovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 7-8 yoshli futbolchilarni ishonchli va informativ testlardan foydalanish orqali saralash samardorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchilarni saralash uchun to‘p bilan bajariladigan elementlarda vaziyatga muvofiq texnik harakatlarni tanlab reaksiya qilish vaqtini qisqartirishga qaratilgan maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish modelini harakat tezkorligi reaktivligini takomillashtirish hisobiga tanlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh futbolchiga harakatlarni ritmik bajarishga imkon beruvchi tezlikni almashtirish va driblingga asoslangan “oyoq bilan bouling” mashg‘ulotini kiritish hisobiga maxsus testlar bilan tanlash imkoniyati takomillashtirilgan;
yosh futbolchilarni saralab olish jarayonida sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini, jismoniy sifatlarni rivojlantirishning sensitiv davrlari bo‘yicha, tananing harakat tezligi hamda gavdaning statik va dinamik muvozanatini yaxshilashga qaratilgan vestibulyar muvozanat, osilgan to‘pga bosh bilan zarba berish kabi mashqlarni kiritish hisobiga saralash imkoniyati kengaytirilgan;
futbol sport turida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida iqtidorli yosh futbolchilarning jismoniy va funksional tayyorgarligi bo‘yicha tashxislashga qaratilgan to‘rt bosqichli saralash texnologiyasini ishlab chiqish evaziga 7-8 yoshli futbolchilarni dastlabki tanlash imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishonchli va informativ testlardan foydalanish orqali iqtidorli bolalarni futbolga tanlash metodikasini takomillashtirishda ma’lumotlarni hisobga olish va tahlil qilishning yagona tizimi asosida:
yosh futbolchilarni saralash uchun to‘p bilan bajariladigan elementlarda vaziyatga muvofiq texnik harakatlarni tanlab reaksiya qilish vaqtini qisqartirishga qaratilgan maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish modelini ishlab chiqib Samarqand viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi (mahorat maktabi) o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 06-01/06/12/9253-son dalolatnomasi). Natijada iqtidorli bolalarni futbolga tanlash imkoniyatlari 8.5 %ga oshgan;
yosh futbolchiga harakatlarni ritmik bajarishga imkon beruvchi tezlikni almashtirish va driblingga asoslangan “oyoq bilan bouling” mashg‘ulotini Samarqand viloyat “Dinamo-Plyus” PFK bolalar-o‘smirlar maxsus futbol sport maktabi futbolchilarining mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 06-01/06/12/9253-son dalolatnomasi). Natijada, sport mashg‘ulotlari va musobaqa faoliyatiga iqtidorli bolalarni maxsus testlar bilan tanlash imkoniyati darajasi ishonchli 13,2 % ga ortgan;
yosh futbolchilarni saralab olish jarayonida sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini, jismoniy sifatlarni rivojlantirishning sensitiv davrlari bo‘yicha, tananing harakat tezligi hamda gavdaning statik va dinamik muvozanatini yaxshilashga qaratilgan (vestibulyar muvozant, osilgan to‘pga bosh bilan zarba berish kabi) mashqlarini Samarqand shahar 2-son sport maktabi o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 06-01/06/12/9253-son dalolatnomasi). Natijada jismoniy tayyorgarlik antropometrik, ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi optimallashtirilgan, umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha saralash imkoniyati ishonchli 12,3%; maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 13,3% iqtidorli bolalarning funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari ishonchli 14,1% ga o‘sgan;
futbol sport turida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida iqtidorli yosh futbolchilarning jismoniy va funksional tayyorgarligi bo‘yicha tashxislashga qaratilgan to‘rt bosqichli saralash texnologiyasi ishlab chiqilgan va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun nashr qilingan “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (futbol)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 28 noyabrdagi 3-sonli qaroriga asosan 88-sonli guvohnomasi). Natijada futbol bilan muntazam shug‘ullanadigan 7-8 yoshli futbolchilarni musobaqa faoliyati sharoitida dastlabki tanlash samaradorligi ko‘rsatkichlari 12,5 % ga oshgan.