Ergashov Bobirjon Dehqonboyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashchilarda statodinamik kuch chidamkorligini rivojlantirish va uni raqamli o‘lchov uskunasi yordamida baholash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2639.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Sherzod Sirlibayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Usmanxodjayev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bakiyev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali belbog‘li kurashchilarda statodinamik kuch chidamkorligini maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish va uni raqamli o‘lchov uskunasi yordamida baholash imkoniyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali belbog‘li kurashchilar mashg‘ulotlarida statik va dinamik kuch chidamkorligini rivojlantiruvchi o‘ng va chap tomonga egilgan holatda mushaklarni izometrik rejimda kuchlantiruvchi mashqlarni kiritish hisobiga dinamik kuchlanish fazasiga tayyorlash imkoniyati takomillashtirilgan;
malakali belbog‘li kurashchilarning statik hamda dinamik holatlarda kuch chidamkorligini aniqlash uchun ishlab chiqilgan “SKUBRO‘U – EBD” raqamli o‘lchov uskunasida maxsus mashqlarni me’yorlangan og‘irlikni belgilangan burchakda bajartirish hisobiga bellashuvda natijaga erishish imkoniyati takomillashtirilgan;
belbog‘li kurash jarayonida raqibni ko‘tarib tashlash usullarini bajarishda mushaklarni izotonik rejimda kuchlantirish orqali konsentrik faollik bilan og‘irlikni statik holatda saqlash vaqti hamda dinamik holatda burish va aylantirish fazalarini modellashtirish hisobiga texnik harakatlarni simmetrik bajarish imkoniyati kengaytirilgan;
statik va dinamik kuch chidamkorligi yaxshi va sust rivojlangan malakali belbog‘li kurashchilarda mushaklarni ma’lum vaqt davomida muayyan yuklama ta’siriga bardosh berish darajasini belgilovchi manekenni tizza yordamida ko‘tarib tashlash nazorat mashqini kiritish hisobiga maksimal funksional imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali belbog‘li kurashchilarda texnik usullar hajmi-shiddatini belgilovchi statodinamik kuch chidamkorligini an’anaviy mashg‘ulotlar va pedagogik tajriba davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
malakali belbog‘li kurashchilar mashg‘ulotlarida statik va dinamik kuch chidamkorligini rivojlantiruvchi o‘ng va chap tomonga egilgan holatda mushaklarni izometrik rejimda kuchlantiruvchi mashqlarni kiritish hisobiga dinamik kuchlanish fazasiga tayyorlash imkoniyati takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Kurashni o‘qitish metodikasi (kurash – yangi o‘rganuvchilar uchun)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan 500-216 raqamli guvohnomasi). Natijada musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 16,93% ga yaxshilangan;
malakali belbog‘li kurashchilarning statik hamda dinamik holatlarda kuch chidamkorligini aniqlash uchun ishlab chiqilgan “SKUBRO‘U – EBD” raqamli o‘lchov uskunasida maxsus mashqlarni me’yorlangan og‘irlikni belgilangan burchakda bajartirish hisobiga bellashuvda natijaga erishish imkoniyati takomillashtirish bo‘yicha takliflar Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligini 2022-yil 25 noyabrdagi 06-01/06/13/8348 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada malakali belbog‘li kurashchilarda statik kuch chidamkorligi 4,61 % dan 7,15 % gacha, dinamik kuch chidam-korligi 5,92 % dan 12,67 % gacha yaxshilangan;
belbog‘li kurash jarayonida raqibni ko‘tarib tashlash usullarini bajarishda mushaklarni izotonik rejimda kuchlantirish orqali konsentrik faollik bilan og‘irlikni statik holatda saqlash vaqti dinamik holatda burish va aylantirish fazalarini tasnifiy modelini ishlab chiqish hisobiga texnik harakatlarni simmetrik bajarish imkoniyati kengaytirish bo‘yicha takliflar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligini 2022-yil 25 noyabrdagi 06-01/06/13/8348 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada malakali belbog‘li kurashchilarda statik kuch chidamkorligi 4,61 % dan 7,15 % gacha, dinamik kuch chidamkorligi 5,92 % dan 12,67 % gacha o‘sgan va raqibni tizza yordamida ko‘tarib tashlash soni 8,53 % dan 11,02 % gacha ortgan, sarflangan vaqt 3,21 % dan 4,48 % gacha yaxshilangan;
statik va dinamik kuch chidamkorligi yaxshi va sust rivojlangan malakali belbog‘li kurashchilarda mushaklarni ma’lum vaqt davomida muayyan yuklama ta’siriga bardosh berish darajasi manekenni tizza yordamida ko‘tarib tashlash nazorat mashqini kiritish hisobiga maksimal funksional imkoniyatlari takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Kurashni o‘qitish metodikasi (kurash – yangi o‘rganuvchilar uchun)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan 500-216 raqamli guvohnomasi). Natijada malakali belbog‘li kurashchilarda statik kuch chidamkorligi 4,61 % dan 7,15 % gacha, dinamik kuch chidamkorligi 5,92 % dan 12,67 % gacha o‘sdi. Natijada raqibni tizza yordamida ko‘tarib tashlash soni 8,53 % dan 11,02 % gacha ortgan, sarflangan vaqt 3,21 % dan 4,48 % gacha qisqargan.