Alimov Umid Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir dzyudochi qizlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2639.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Yugay Lev Pavlovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Azizov Nosirjon Nematillayevich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: M.Ulugbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuv bosqichidagi 15-17 yoshli malakali dzyudochi qizlarning morfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda texnik-taktik tayyorgarliklarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport takomillashuv bosqichidagi o‘smir dzyudochi qizlarning morfologik tiplari (Endomorf, Mezomorf, Ektomorf) bo‘yicha fiziolagik hususiyatlariga asoslangan tabaqalashtirilgan mashqlar hamda ularni amalga oshirishga qaratilgan usullar jamlanmasini mashg‘ulotga kiritish hisobiga texnik-taktik tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘smir dzyudochi qizlarning fiziologik xususiyatlari bo‘yicha parterda qo‘llaniladigan usullarda morfologik tiplari uchun yaqinlashtiruvchi mashqlarni kiritish hisobiga musobaqa jarayonida faol bellashuvni tashkil qilish imkoniyati kengaytirilgan;
parter holatida muvofaqiyatga erishish uchun bir vaqtning o‘zida tezkor-kuch, egiluvchanlik va maxsus chidamlilik jismoniy sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan noodatiy (jijusu va greblin) sport turi elementlarini kiritish hisobiga usullarni samarali yakunlash imkoniyati takomillashtirilgan;
dzyudo sport turida tik turib bellashuvlar jarayonida morfologik tiplar uchun usullarni samarali yaakunlashga qaratilgan (Techi-vadza kabi), texnik harakatlarni iritish hisobiga belashuvlarda ustunlikka erishish imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 15-17 yoshli dzyudochi qizlar misolida o‘tkazilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari asosida:
cport takomillashuv bosqichidagi o‘smir dzyudochi qizlarning morfologik tiplari (Endomorf, Mezomorf, Ektomorf) bo‘yicha fiziolagik xususiyatlariga asoslangan tabaqalashtirilgan mashqlar hamda ularni amalga oshirishga qaratilgan usullar jamlanmasini mashg‘ulotga kiritish hisobiga texnik-taktik tayyorgarligini oshirish bo‘yicha takliflar “Dzyudo nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan 166-005 raqamli guvohnomasi). Natijada o‘smir dzyudochi qizlarning jismoniy ishchanlik darajasi (PWC 170) 32.2% ni tashkil qilgan;
o‘smir dzyudochi qizlarning fiziologik hususiyatlari bo‘yicha parterda qo‘llaniladigan usullarda morfologik tiplari uchun yaqinlashtiruvchi mashqlarni kiritish hisobiga musobaqa jarayonida faol bellashuvni tashkil qilish bo‘yicha takliflar Chirchiq bolalar o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi o‘smir dzyudochi qizlar mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 21 apreldagi 03-13/1465-son ma’lumotnomasi). Natijada “Bosh va qo‘llarga tiralgan holda 5 marotaba o‘nga va chapga aylanish” mashqi bajarish imkoniyati 20.8% ga yaxshilangan;
o‘smir dzyudochi qizlarning morfologik tiplarini hisobga olgan holda stoyka va parterda bajariladigan usullarni mashg‘ulot jarayoniga kiritish bo‘yicha takliflar “Dzyudo nazariyasi va uslubiyati” nomliy o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan 166-005 raqamli guvohnomasi). Natijada dzyudochi qizlarni texnik harakatlari 12-14 %ga yaxshilangan;
dzyudo sport turida tik turib bellashuvlar jarayonida morfologik tiplar uchun usullarni samarali yakunlashga qaratilgan (Techi-vadza kabi), texnik xarakatlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar Chirchiq bolalar o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanuvchi dzyudochi qizlar mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 21 apreldagi 03-13/1465-son ma’lumotnomasi). Natijada beldan oshirib tashlash usulini bajarish imkoniyati 15% ga oshgan.