Ibragimova Lizaxan Avezovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq pedagogikasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatish an’analari (qoraqalpoq xalq topishmoqlari asosida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped1067.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq topishmoqlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq pedagogikasidagi mantiqiy fikrlashga o`rgatish an’analari boshlang`ich sinf o`quvchilarinining tarixiy tajribalarini integratsiyalash va uslubiy tamoyillarining tarkibiy (xalqchillik, individuallik, kuzatuvchanlik, qiyosiylik, reallilik) komponentlari asosida motivatsion, kognitiv, izlanuvchanlik yondoshuvlarga doir qoraqalpoq xalq topishmoqlari aniqlashtirilgan;
boshlang`ich sinf o`quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish mazmuni pedagogik yondoshuvlar (didaktiv, komunikativ, kreativ, konstruktiv, akseologik) va psixologik omillarni (biologik, ijtimoiy, tarbiya) aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
 boshlang`ich sinf o`quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda evristik izlanishga yo`naltirilgan pedagogik shart-sharoitlar turkumlashtirilgan va ularning ta’lim-tarbiya jarayonida qo`llashga oid didaktiv imkoniyatlari takomillashtirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida boshlang`ich sinf o`quvchilarini mantiqiy fikrlashga o`rgatish an’analari ijodiy fikrlashni rivojlantirish sifatlarini (munosabat, faoliyat, muloqot madaniyati, ma’naviy-irodaviy, ijodiy, hissiy) shakllantiruvchi ko`rsatkichlar (tasavvur, tafakkur, xotira) qoraqalpoq xalqining turmush tarzini aks ettiruvchi manbalarini o`rganishga yo`naltirilgan ta’lim texnologiyalarining (aqliy xujim, Keys-study, Insert, Sinkvein) o`zaro dinamikasi kompetensiyaviy yondoshuvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qoraqalpoq xalq pedagogikasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatish an’analari” (qoraqalpoq xalq topishmoqlari asosida) mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qoraqalpoq xalq pedagogikasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatish tarixiylik, uzluksizlik, mantiqiylik, milliy va umuminsoniy tamoyillar, uni rivojlantiruvchi pedagogik-psixologik omillar, mezonlar, komponentlar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof-muhit, tabiat, hayvonot va o‘simliklar olami haqida bilim-tushunchalarini kengaytirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishga bog‘liq joriy qilingan ilmiy ishlar natijalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 
A1-XT-0-92997 «Umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari» mavzusidagi (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini amalga oshirilda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2021 yil 9 apreldagi 62-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash samaradorligi oshirilgan;
bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, intellektual qobiliyatini o‘stirish, hozirjavoblikka o‘rgatish, evristik izlanishga yo‘naltirishning pedagogik shart-sharoitlari, muammoli, integratsion komponentlar, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarining ko‘rsatkichlarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga doir didaktik imkoniyatlar OO‘Yudagi talabalar uchun “Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-167-raqamli guvohnoma). Ushbu o‘quv qo‘llanmadagi qoraqalpoq xalq pedagogikasidagi topishmoqlar orqali bolalarning mantiqiy fikrlashini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatish munosabat, faoliyat va muloqot madaniyati, ma’naviy-irodaviy, ijobiy hissiy kabi shaxsiy sifatlarini rivojlantirish ko‘rsatkichlari, mantiqiy fikrlashga xalq pedagogikasi manbalariga kompetensiyaviy yondashuvga bog‘liq joriy qilingan ilmiy ishlar natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” (2017–2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 2 dekabrdagi 493/1-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar jarayonida qoraqalpoq xalq pedagogikasidagi topishmoqlarning har bir xalqning ob’ektiv borliqni moddiy va ma’naviy dunyoqarashini idrok qilishining ifodasi ekanligi, u bevosita xalq og‘zaki ijodida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, topishmoqlar orqali o‘quvchilar dunyoni bilishi va predmetlar olamini o‘z tasavvurida jonlantirishi, shu asosda o‘quvchilar predmetlarning boshqa predmetlarda bo‘lmagan tomonlarini idrok etishi va ularni o‘zaro qiyoslash orqali mantiqiy fikrlashga tarbiyalash an’analari tushunchalar takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish