Bekmanova Jamilya Abdulaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Madaniy-ijodiy yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2157.
Ilmiy rahbar: Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Medetova Raushan Mambetyarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi madaniy va ijodiy yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
didaktik-psixologik yondashuv - ta’limning barcha shakllariga ijodkorlik elementlarini kiritish, bolalar tomonidan kundalik yoki taassurotlar galereyasini mustaqil tuzish mexanizmlari orqali turli xil pedagogik usullarni ta’minlash, o‘yinlar - yangi material bilan tanishish, aqliy va kognitiv faoliyatni faollashtirish "Biz o‘ylaymiz, qidiramiz, hammamiz so‘zlaymiz", zamonaviy texnik (audio-video) vositalaridan foydalanish, tabaqalashtirilgan va individual yondashuv, tarbiyachilar va bolalar o‘rtasidagi dialogik aloqa asosida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ijodiy salohiyatini faollashtirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishning pedagogik vositalari psixologik-pedagogik yondashuv asosida, oila bilan hamkorlik qilish orqali, bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun diagnostika tizimini ishlab chiqish va qo‘llash mexanizmlari yordamida bolalarning kognitiv va kommunikativ va ijodiy faoliyatida amalga oshiriladigan integral yondashuv - taassurotlar olish, o‘quv o‘yinlarida ishtirok etish, jamoaviy faoliyat, individual ijodkorlikning har xil turlari (yasash, ertak yozish, ertaliklarda qatnashish) orqali takomillashtirilgan;
madaniy amaliyot mexanizmlari orqali bolalarning individual (motivatsion, intellektual, emotsional, irodaviy va psixomotor) xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish mexanizmlari bolaning vaziyatli-mustaqil yoki jamoaviy kommunikativ, empatik va ijodiy faoliyati - birgalikdagi muhokamalar, o‘zini o‘zi baholash, jismoniy mashqlar va o‘yin xarakteridagi axloqiy vaziyatlar, oila bilan ishlashning noan’anaviy shakllari – treninglar, qiziqish klublari orqali takomillashtirilgan;
integratsiyalashgan texnologiyalarni - ijodiy mashg‘ulotlar, ijtimoiy va kommunikativ vaziyatlar, o‘rganishni ta’minlash, shu jumladan bir nechta - intellektual (hisoblash, atrofimizdagi dunyo haqidagi dastlabki g‘oyalar, topishmoqlar), ijtimoiy (ta’lim va ijod jarayonida tengdoshlar va o‘qituvchilar bilan muloqot) va ijodiy (ijodiy faoliyatning turli turlari va shakllari, badiiy va estetik rivojlanish) faoliyat turlarini takomillashtirish va kengaytirish orqali didaktik-psixologik va o‘quv-rivojlantiruvchi yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniy-ijodiy yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish buyicha olingan natijalar asosida: 
didaktik-psixologik yondashuv - ta’limning barcha shakllariga ijodkorlik elementlarini kiritish, bolalar tomonidan kundalik yoki taassurotlar galereyasini mustaqil tuzish mexanizmlari orqali turli xil pedagogik usullarni ta’minlash, o‘yinlar - yangi material bilan tanishish, aqliy va kognitiv faoliyatni faollashtirish "Biz o‘ylaymiz, qidiramiz, hammamiz so‘zlaymiz", zamonaviy texnik (audio-video) vositalaridan foydalanish, tabaqalashtirilgan va individual yondashuv, tarbiyachilar va bolalar o‘rtasidagi dialogik aloqa asosida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ijodiy salohiyatini faollashtirishning didaktik imkoniyatlari hamda madaniy amaliyot mexanizmlari orqali bolalarning individual (motivatsion, intellektual, emotsional, irodaviy va psixomotor) xususiyatlarini hisobga olish va rivojlantirish asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish mexanizmlarini va oila bilan ishlashning noan’anaviy shakllarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 22 sentabrdagi 01-01-03/2216-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy va ijodiy yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsini har tomonlama rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari va tarbiyachilarning tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish mahorati takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishning pedagogik vositalari psixologik-pedagogik yondashuv asosida, oila bilan hamkorlik qilish orqali, bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun diagnostika tizimini ishlab chiqish va qo‘llash mexanizmlari yordamida, bolalarning kognitiv va kommunikativ va ijodiy faoliyatida amalga oshiriladigan integral yondashuv - taassurotlar olish, o‘quv o‘yinlarida ishtirok etish, jamoaviy faoliyat, individual ijodkorlikning har xil turlari (yasash, ertak yozish, ertaliklarda qatnashish) orqali takomillashtirishga bog‘liq joriy qilingan ilmiy ishlar natijalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 «Umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari» mavzusidagi (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini amalga oshirilda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 7 maydagi 116-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslari, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy majmualari, elektron axborot-ta’lim resurslari mazmuniga kiritish asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanish darajasini oshirishga yordam bergan;
integratsiyalashgan texnologiyalarni - ijodiy mashg‘ulotlar, ijtimoiy va kommunikativ vaziyatlar, o‘rganishni ta’minlash, shu jumladan bir nechta - intellektual (hisoblash, atrofimizdagi dunyo haqidagi dastlabki g‘oyalar, topishmoqlar), ijtimoiy (ta’lim va ijod jarayonida tengdoshlar va o‘qituvchilar bilan muloqot) va ijodiy (ijodiy faoliyatning turli turlari va shakllari, badiiy va estetik rivojlanish) faoliyat turlarini takomillashtirish va kengaytirish orqali didaktik-psixologik va o‘quv-rivojlantiruvchi yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish ko‘rsatkichlari takomillashtirilga doir joriy qilingan ilmiy ishlar natijalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining I1-XT-0-17222 «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusidagi (2013–2014 yy.)innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oz’bekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 7 maydagi 115-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarning xalq ijodiyoti asosida madaniy-ijodiy, ijtimoiy-axloqiy munosabatlarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish