Karshiev Mamarayimning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kompozision metall g‘ovak o‘tkazuvchan materiallar (G‘O‘M) olish texnologiyalarini ishlab chiqish va mashinasozlikda suyuqlik va gazlarni tozalash uchun anizotrop strukturali maxsulotlar olish», 02.00.07 – «Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi», 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T557.
Ilmiy maslahatchilar: Vityaz` Petr Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Rogachev Aleksandr Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor; Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Shoobidov Shoraxmat Askarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision metall g‘ovak o‘tkazuvchan materiallar (G‘O‘M) olish texnologiyalarini ishlab chiqish va mashinasozlikda suyuqlik va gazlarni tozalash uchun anizotrop strukturali maxsulotlar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xom ashyo (zagotovka) g‘ovaklariga kichik metall kukuni zarrachalarini gaz-chang-xavo oqimi orqali kiritish jarayonida g‘ovakliligi, g‘ovak o‘lchami, o‘tkazuvchanlik koeffisienti, samaradorligi va egilishdagi mustaxkamlik kabi omillarni kiritilayotgan kichik metall kukuni zarrachalari o‘lchamiga va xom ashyo (zagotovka) g‘ovagi o‘lchamiga xamda chang-xavo oqimining tezligiga funksional bog‘likligi aniqlangan;
tebranma xarakat usulida kichik o‘lchamdagi metall kukuni zarrachalarini gaz-chang-xavo oqimi orqali kiritish jarayonining optimal parametrlari aniqlangan;
ko‘p marotaba qayta kiritish usulida xomashyoning o‘rtacha g‘ovak o‘lchami Dp = 20 mkm bo‘lgandagi o‘tkazuvchanlik koeffisientining yuqori Kµ = 170*10-13 m2 qiymatiga erishish uchun, gaz-chang-xavo oqimining tezligi 3,1 m/s bo‘lishi, tebranishning chastotasi 630 Gs va tezlanish qiymati esa 30 m/s2 ga teng bo‘lishi aniqlangan;
kiritilayotgan kichik zarrachalar o‘lchamining o‘rtacha g‘ovak diametriga nisbati birinchi etap kiritishda 0,27, ikkinchi etapda 0,15 va uchinchi etapda 0,07 qiymatlarda bo‘lishi shartligi asoslangan;
yuqori egilishdagi mustaxkamlikka erishish uchun σizg=85 MPa, gaz -chang-xavo oqimining tezligi 1,3 m/s, tebranish chastotasi 300Gs tebranish tezlanishi esa 28 m/s2 tashkil etishi va bunda kiritilayotgan kichik zarrachalarning o‘rtacha o‘lchamining g‘ovak diametriga nisbati birinchi etap kiritishda 0,29, ikkinchi etapda 0,14 va uchinchi etapda 0,0625 qiymatlarda bo‘lishi aniqlangan; 
nazariy va amaliy jixatdan o‘tkazilgan kompleks tadqiqotlar natijalariga ko‘ra katta metall kukuni zarrachalaridan tayyorlangan xom ashyo (zagotovka) g‘ovaklariga kichik metal kukuni zarrachalarini gaz-chang-xavo oqimi orqali ko‘p marotaba kiritish usulida va tebranma xarakat usullaridagi parametrlar G‘O‘Mning an’naviy usuliga nisbatan o‘tkazuvchanligi 1,5 baravar va mexanik mustaxkamligi 2 barobar ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kompozision metall g‘ovak o‘tkazuvchan materiallar (G‘O‘M) olish texnologiyalarini ishlab chiqish va mashinasozlikda suyuqlik va gazlarni tozalash uchun anizotrop strukturali maxsulotlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall kukunlari asosida ishlab chiqilgan fil`tr elementlari “Dalvarzin ta’mirlash zavodi” MChJda MAN va ISUZU markali yuk avtomobillari ichki yonuv dvigatelida (IYoD) filt`r elementi sifatida joriy etilgan (UzAuto AJning 2023 yil 15 fevraldagi 17/17-25-0211-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy usulda olingan fil`tr elementlariga qaraganda o‘tkazuvchanligini 1,5 marotaba, mexanik mustahkamligini 2 barobar oshirish imkonini bergan;
anizotrop strukturali metall kukunidan tayyorlanilgan fil`tr elementlari “Quvamashtex servis” MChJda MTZ 80X va TTZ 80.11 markali traktorlarning motor yoqilg‘ilarini tozalashda joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-126-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi texnikalari fil`tr elementining ekspluatatsion hususiyatlarini 13-15 baravar oshirish imkonini bergan;
g‘ovak anizotrop strukturali fil`tr elementlari “Quvamashtex servis” MChJ da qishloq xo‘jaligi texnikalarining motor moylarini tozalashda joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-126-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonning samaradorligi va fil`tr elementlarining ish resursini 3 martaga, mexanik mustahkamligini 2-4 martaga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish