Mirzayev Uktam Nuritdinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyatida ayrim sabzavot ekinlarining parazit fitonematodalari va ularga qarshi kurash», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B362.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Ochil, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Xusniddin Toshboltayevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida sharoitida yetishtiriladigan sabzavot ekinlari rizosferasi nematodofaunasini aniqlash hamda keng tarqalgan parazit fitonematodalarga qarshi kurashning profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati sabzavot ekinlari fitonematodalarining faunistik tarkibi aniqlangan; 
Samarqand viloyati sabzavot ekinlari nematodafaunasining taksonomiyasi va bioekologik xususiyatlari ochib berilgan; 
sabzavot ekinlarida parazitlik qiluvchi Meloidogyne avlodiga mansub 3 tur, M. arenaria, M. incognita va M. javanica tadqiqot hududlari uchun yangi turligi aniqlangan; 
Samarqand viloyatida sabzavot ekinlari faunistik komplekslarining o‘zaro o‘xshashligi sabablari va ularning shakllanish yo‘llari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Samarqand viloyatida ayrim sabzavot ekinlarining parazit fitonematodalari va ularga qarshi kurash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
rarazit nematodalarga qarshi profilaktik tadbirlarda organik chirindilardan tayyorlangan mulchalash usuli Samarqand viloyati Payariq tumani “O‘tab to‘qayzori”, “Saifnazar O‘lmasjon paxta dalasi”, “Shavkat Nazarov Agroservis” fermer xo‘jaliklarida hamda Oqdaryo tumani “Mexnatobod” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoya agentligining 2023 yil 27 fevraldagi 2-39/486-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ochiq gruntli sharoitlarda pomidor o‘simligining bo‘rtma nematodasi bilan zararlanishi 57 % kamayishiga erishilgan. 
sabzavot ekinlari faunasida aniqlangan bo‘rtma nematodalari turlarining ribosomal DNK 18S, ITS1 va 28S geni sohalari nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi Genbank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2022 yil 5 apreldagi ma’lumotnomasi, NCBI). Natijada, ON150871- M. javanica, ON197188 - M. incognita turlarining identifikasiya raqamlari olingan va turlarni molekulyar taksonomik va filogenetik o‘rnini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish