Rajabov Nurmamat Qudratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali navlarini etishtirishning maqbul agrotexnologiyalarini ishlab chiqish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx10.

Ilmiy rahbar: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kamilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali «Andijon-36» va «S-6541» navlarini parvarishlashda maqbul sug‘orish tartiblari hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zani yangi yaratilgan o‘rta tolali «Andijon-36», «S-6541» navlarini sug‘orish muddatlari tuproq namligi va xujayra shirasi konsentratsiyasiga o‘zaro qiyosiy taqqoslangan holda aniqlanib, g‘o‘zani maqbul sug‘orish me’yorlari va suv iste’moli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

o‘rta tolali g‘o‘za navlarining suvga bo‘lgan fiziologik talabi va paxta dalasining suv muvozanati aniqlangan;

tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali «Andijon-36» va «S-6541» navlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tartiblari aniqlangan;

turli sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tartiblarining o‘rta tolali g‘o‘za navlarining o‘sishi-rivojlanishi, paxta hosildorligi hamda tola sifatiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yangi o‘rta tolali g‘o‘za navlarini maqbul sug‘orish hamda oziqlantirish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

g‘o‘zaning yangidan yaratilgan navlarini etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha «Yangi istiqbolli o‘rta-ingichka tolali g‘o‘za navlari parvarishi bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 02/20-195-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyanoma paxtachilik fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zadan ertaki, yuqori va sifatli paxta hosili olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

g‘o‘zaning «Andijon-36» navini o‘suv davri davomida 1-2-1 sxemada 4 marta sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan gektariga N190, P133, K95, kg me’yorlarda oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka va Piskent tumanlari paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 850 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 02/20-195-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘zaning «Andijon-36» navini mavsumiy suv sarfi gektariga 4320 m3 ni tashkil etgan va andoza navga nisbatan 3,0-4,1 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;

o‘rta tolali g‘o‘zaning «S-6541» navini o‘suv davrida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartibda, 1-3-1 sxemada sug‘orish va ma’dan o‘g‘itlar bilan gektariga N190; P133; K95 kg me’yorda oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Bekobod tumani paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 250 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 02/20-195-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumiy suv me’yori gektariga 4670 m3 va paxta hosildorligi 30,0 sentnerni tashkil etgan, andoza navlarga nisbatan gektaridan 3,0-3,9 sentnergacha qo‘shimcha paxta hosili olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish