Durdiev Normat Hasanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urug‘lik uchun etishtiriladigan g‘o‘za navlarining maqbul suv-ozuqa (NPK) me’yorlarini ishlab chiqish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx157.

Ilmiy rahbar: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida urug‘lik uchun etishtiriladigan o‘rta tolali g‘o‘za navlarining maqbul sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish (NPK) me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk marotaba sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida «O‘zPITI-2201», «O‘nqo‘rg‘on-1», «O‘zPITI-103», «Sulton» g‘o‘za navlaridan sifatli urug‘lik paxta hosili etishtirishda maqbul suv-ozuqa me’yorlari ishlab chiqilgan;

sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani sug‘orish muddatlari, me’yori, davomiyligi va suv iste’moli hamda dalaning suv muvozanati aniqlangan;

urug‘lik uchun etishtirilgan «O‘zPITI-2201», «O‘nqo‘rg‘on-1», «O‘zPITI-103», «Sulton» g‘o‘za navlarining o‘sishi-rivojlanishi va hosildorligiga suv-ozuqa me’yorlarining ta’siri aniqlangan;

turli sug‘orish va oziqlantirish me’yorlarida g‘o‘za navlarining hosil shoxlari bo‘yicha bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, 1000 dona chigit og‘irligi, chigitning moydorligi, dala va laboratoriya unuvchanligiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida urug‘lik uchun etishtiriladigan g‘o‘za navlarining maqbul suv-oziqa me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

g‘o‘zaning o‘rta tolali «Sulton» navini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan gektariga N220, P154, K110 kg me’yorlarda oziqlantirish agrotexnologiyalari Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida 200 gektar paxta maydonida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 02/20-221-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida «Sulton» g‘o‘za navidan andoza navga nisbatan gektaridan 3-4 sentner qo‘shimcha urug‘lik paxta hosili olingan va urug‘lik chigitlarning unuvchanliklari 3-4 foizga, 1000 dona chigit vazni 8-9 grammga va moydorlik ko‘rsatkichlari esa 2,0-2,5 foizga oshganligi aniqlangan;

o‘rta tolali g‘o‘zaning «Sulton» navini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan gektariga N220, P154, K110 kg me’yorlarda oziqlantirish agrotexnologiyalari Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida 101,5 gektar hamda «O‘zPITI-103» g‘o‘za navi 63 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 02/20-221-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu navlardan andoza navlarga nisbatan gektaridan 3-4 sentner qo‘shimcha urug‘lik paxta hosili olishga erishilgan;

«Sulton» g‘o‘za navini parvarishlashning maqbul agrotexnologiyalari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida jami 300 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 10 apreldagi 02/20-221-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida sug‘orish suvlarining tejalishi, 1000 dona chigit va 1 dona ko‘sakdagi paxta vazni, chigitning unib chiqish quvvati, unuvchanlik, moydorlik ko‘rsatkichlari oshishi hamda gektariga 4-5 sentner qo‘shimcha paxta hosili etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish