Yuldasheva Gulchehra Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Insulinga rezistentlik rivojlanishida surunkali pankreatitning roli va metabolik buzilishlarni korreksiyasi yo‘llari”, 14.00.05–ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari)
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi intitutini o‘tagan/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.1.DSc/Tib46
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: F.I.Xamrabaeva, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Xar`kov milliy tibbiyot universiteti (Ukraina)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Insulinga rezistentlik rivojlanishida surunkali pankreatitning roli va metabolik buzilishlarni korreksiyasi yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
surunkali pankreatit va metabolik sindrom mavjud bemorlarda giperinsulinemiya rivojlanishi bilan bir qatorda dislipidemiyaning kuzatilishi, insulinga rezistentlik indeksini oshishiga olib kelishi isbotlangan.
abdominal semizlik bilan surunkali pankreatit mavjud bo‘lgan bemorlarda kasallikning patogenezining o‘ziga xos qonda giperinsulinemiya va erkin yog‘ kislotalari miqdorining ortishi, glyukoneogenez holatining faollashuvi xususiyatlari aniqlangan hamda ayni ushbu bemorlar toifasida leptin, rezistin miqdorining ortishi va adinonektin miqdorining kamayishi bilan tavsiflanuvchi adipotsitokinlar disbalansi isbotlangan;
metabolik sindrom bilan kechuvchi surunkali pankeratitda leptin ekspressiyasi va qon tomir devorlaridagi funksional o‘zgarishlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik qonda lipidlar almashinuvining buzilishiga va aterogenez rivojlanish xavfiga olib kelishi isbotlangan;
surunkali pankreatitli bemorlarni metabolik sindrom bilan va metabolik sindromsiz kechuvchi turlarida, elastaza testi natijalari qiyosiy tahlil qilingan va me’da osti bezi ekzokrin etishmovchiligi metabolik sindrom bilan kechuvchi surunkali pankreatitli bemorlarda ko‘proq uchrashi isbotlangan;
mikrokapsulali pankreatin, statinlar va insulin sensetayzerlarini peroral qo‘llash davoning samaradorligiga ta’siri hamda turli xil gormonal va metabolik buzilishlarni bartaraf qilishi, kasallik rivojlanishining pasayishi va remissiya davrini uzayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Insulinga rezistentlik rivojlanishida surunkali pankreatitning roli va metabolik buzilishlarni korreksiyasi yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Metabolik sindrom bilan kechuvchi surunkali pankreatitni tashxislash va davolash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 iyundagi 8n-p/108-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma: metabolik sindrom bilan kechuvchi surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash orqali, turli xil gormonal va metabolik buzilishlarni bartaraf qilish, shu bilan birga qandli diabet bilan kasallanish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
insulinga rezistentlik bilan kechuvchi surunkali pankreatitni samarali davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar “Metabolik sindrom bilan kechuvchi surunkali pankreatitni tashxislash va davolash” uslubiy tavsiyalar tarkibida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 8 fevraldagi 8n-d/2-son ma’lumotnomasi). Me’da osti bezining ekzokrin va endokrin funksional buzilishlarini inobatga olgan holda kompleks davoni qo‘llash davoning samaradorligini oshishiga, kasallik rivojlanishining pasayishiga va remissiya davrini uzayishiga olib kelgan;
insulinga rezistentlik rivojlanishida surunkali pankreatitning roli va metabolik buzilishlarni korreksiyasi yo‘llari samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiy markazi va 1-sonli Respublika klinik shifoxona amaliyotiga joriy qilingan va ushbu natijalar bemorlarda mehnatga layoqatlilikni tiklab, kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va kasallik rivojlanishini oldini olish, nogironlik ko‘rsatkichlarini pasaytirish imkonini yaratgan.