Gabbarov Sabit Niyetalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Chorvachilikni rivojlantirishda yaylovlardan samarali foydalanishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt1947 
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kaziyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullayev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Narbayev Sharafatdin Kengeshovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy hududlarida chorvachilikni rivojlantirishda yaylovlardan samarali foydalanishni takomillashtirish asosida chorvachilik fermer xo‘jaliklari daromadini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chorvachilikni rivojlantirishda yaylovlardan samarali foydalanish darajasini baholash yalpi chorvachilik mahsulotlari yetishtirish, chorva bosh soniga yaylovlar va pichanzorlar maydonidagi ekologik bosim o‘zgarish ta’sirini miqdoriy ifodalash asosida takomillashtirilgan;
yaylovlarda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatida ishchi kuchi, suv va yer resurslaridan optimal foydalangan holda daromadni maksimallashtirish modelini shakllantirish va joriy etishda zaruriy ma’lumotlar bazasining elektron platformasidan foydalanish taklifi ishlab chiqilgan;
Qo‘ng‘irot tumanida yaylov chorvachiligida “aqlli” texnologiyalardan foydalangan holda chorvaning optimal tarkibini shakllantirish asosida yerda ozuqa ratsionlar resurslaridan foydalanish samaradorligi va subyektlar daromadini 10-15 foiz chegarasida oshirish imkoniyati asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, jumladan, Qo‘ng‘irot tumanida chorvachilik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chorvachilikni rivojlantirishda yaylovlardan samarali foydalanishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani misolida) bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
chorvachilikni rivojlantirishda yaylovlardan samarali foydalanish darajasini baholash yalpi chorvachilik mahsulotlari yetishtirish, chorva bosh soniga yaylovlar va pichanzorlar maydonidagi ekologik bosim o‘zgarish ta’sirini miqdoriy ifodalash asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 5-dekabr kungi №03/016-3535-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish yaylovlardan foydalangan holda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va chorvaning asosiy samarali turlarini miqdoriy usullar yordamida aniqlash imkoniyatini yaratgan;
yaylovlarda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatida ishchi kuchi, suv va yer resurslaridan optimal foydalangan holda daromadni maksimallashtirish modelini shakllantirish va joriy etishda zaruriy ma’lumotlar bazasining elektron platformasidan foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 5-dekabr kungi №03/016-3535-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi yaylov chorvachiligini rivojlantirishida chorvani optimal tanlash, xo‘jaliklar daromadini maksimallashtirishni ta’minlaydigan dasturiy ta’minotni amaliyotga joriy qilishga xizmat qilgan;
Qo‘ng‘irot tumanida yaylov chorvachiligida “aqlli” texnologiyalardan foydalangan holda chorvaning optimal tarkibini shakllantirish asosida yer resurslaridan foydalanish samaradorligi va subyektlar daromadini 10-15 foiz chegarasida oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 5-dekabr kungi №03/016-3535-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari faoliyatini optimallashtirish asosida ularning yer resusrlaridan samarali foydalanishini tashkil qilish hamda daromadlarini 12,9 foizga qadar oshirish imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, jumladan, Qo‘ng‘irot tumanida chorvachilik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 
2022-yil 5-dekabr kungi №03/016-3535-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli istiqbolda chorvachilik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish