Tangishov Mansur Rasulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining innovatsion faoliyatini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt500
Ilmiy rahbar: Qulliev Istam Yangimuradovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ortiqov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining innovatsion faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank mobil` ilovasi orqali qayta tiklanadigan ochiq liniyali onlayn mikroqarz taqdim etilganda asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda qarz oluvchi bankka shartnomada belgilangan foiz stavkasining 1,5 baravar oshirilgan miqdorida foiz to‘lash taklif etilgan;
bank karta hisobvarag‘i yopilganidan keyin mavjud bo‘lgan pul mablag‘larini 1 kun, xalqaro bank kartasi hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘larini 15 kalendar` kundan kechiktirmagan holda minimal balans qoldig‘i (sug‘urta depozit) bilan mijoz tomonidan ko‘rsatilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazib berish taklif etilgan;
bank tomonidan chiqarilgan xalqaro bank kartalaridan chet eldagi kartalarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha bir kunlik cheklov 3 ta tranzaksiya yoki 1000 AQSh dollari miqdorida belgilash taklif etilgan;
kontokorrent innovatsion krediti ajratishda mijozning oxirgi 6 oydagi hisobraqamiga mahsulot sotishdan tushumi o‘rtacha oylik qiymatining 25 foizigacha, 5,0 mlrd. so‘mdan oshmagan miqdorgacha kredit ajratish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tijorat banklarining innovatsion faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank mobil` ilovasi orqali qayta tiklanadigan ochiq liniyali onlayn mikroqarz taqdim etilganda asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda qarz oluvchi bankka shartnomada belgilangan foiz stavkasining 1,5 baravar oshirilgan miqdorida foiz to‘lash taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 8 avgustdagi 96/1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida jismoniy shaxslarga “JOYDA” mobil platformasi orqali xizmat ko‘rsatish” Tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 24 iyundagi 07-08/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning innovatsion mahsulot va xizmatlarni joriy qilish hajmi so‘nggi yilda 1,3 baravarga o‘sgan, mikroqarz xizmatlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga oshgan va 458 mlrd so‘mga etgan;
bank karta hisobvarag‘i yopilganidan keyin mavjud bo‘lgan pul mablag‘larini 1 kun, xalqaro bank kartasi hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘larini 15 kalendar` kundan kechiktirmagan holda minimal balans qoldig‘i (sug‘urta depozit) bilan mijoz tomonidan ko‘rsatilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazib berish taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 8 avgustdagi 96/1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida jismoniy shaxslarga “JOYDA” mobil platformasi orqali xizmat ko‘rsatish” Tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 24 iyundagi 07-08/50-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning milliy valyutadagi resurslari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga, xorijiy valyutadagi resurslari esa 32 foizga oshgan;
bank tomonidan chiqarilgan xalqaro bank kartalaridan chet eldagi kartalarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha bir kunlik cheklov 3 ta tranzaksiya yoki 1000 AQSh dollari miqdorida belgilash taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 8 avgustdagi 96/1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida jismoniy shaxslarga “JOYDA” mobil platformasi orqali xizmat ko‘rsatish” Tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 24 iyundagi 07-08/50-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, avtomatlashtirilgan biznes jarayonlar uchun sarflanadigan vaqt ikki baravar qisqardi va innovatsion mahsulotlar sotilish hajmi 3 baravarga o‘sishiga erishilgan hamda nnovatsion mahsulotlar sotilish hajmi mazkur davrda 2,5 baravarga ortgan;
kontokorrent innovatsion krediti ajratishda mijozning oxirgi 6 oydagi hisobraqamiga mahsulot sotishdan tushumi o‘rtacha oylik qiymatining 25 foizigacha, 5,0 mlrd. so‘mdan oshmagan miqdorgacha kredit ajratish taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 8 avgustdagi 96/1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida jismoniy shaxslarga “JOYDA” mobil platformasi orqali xizmat ko‘rsatish” Tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2022 yil 24 iyundagi 07-08/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank faoliyatining chakana xizmatlar bo‘yicha kredit mahsulotlari tizimida xizmat ko‘rsatish muddati 3 kunga qisqargan va kredit berilishi tezligi 2 baravar tezlashgan.