Sabirov Muradjan Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2709.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Iminov Toxir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iskenderov Axmet Maksetbayevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini samarali rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmatlar sifati va sonini sezilarli darajada oshirish, radiochastota spektridan yanada samarali foydalanish va elektr energiya sarfini kamaytirish kabilarga ko‘ra 175-230 MGs radiochastota diapazonli DAB+ (Digital Audio Broadcasting) raqamli radioeshittirish standarti asosidagi raqamli uzatkichdan foydalanishning iqtisodiy va texnologik-dasturiy jihatdan ustunligi asoslangan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “ishlab chiqarish - fan” integratsiyasini tashkil qilish mexanizmi jarayon ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, boshqalar)ning tashkiliy-boshqaruv va huquqiy munosabatlarida resurslar harakatiga sharoitlar yaratish, mas’uliyat va majburiyatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat natijalari kabilarga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan sof tushumning 2028 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan;
“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK investi-sion jozibadorlik strategiyasi aniqlashtirilgan holda investisiya jarayoni sxemasi, qaror qabul qilish tartibi va ularni boshqarish algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarining iqtisodiy faoliyatini samarali rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
175-230 MGs radiochastota diapazonli DAB+ (Digital Audio Broadcasting) raqamli radioeshittirish standarti asosidagi raqamli uzatkichdan tadqiqot obyektining xizmat ko‘rsatish faoliyatida foydalanishning iqtisodiy va texnologik-dasturiy jihatdan ustunligi bo‘yicha taklif “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 10.02.2023 yildagi 33-8/906-sonli ma’lumotnomasi, Elektromagnit moslashuv markazi DUKning 3.02.2023 yildagi 01-09/218 sonli dalolatnomasi; “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning 1.02.2023 yildagi 10-34/09 sonli dalolatnomasi; Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUKning 6.02.2023 yildagi 5-1/188 sonli dalolatnomasi). Raqamli radioeshittirish standarti asosidagi raqamli uzatkichdan foydalanish natijasida korxonaning sof foydasi 2021 yilda qo‘shimcha ravishda 112,4 mln. so‘mga ortgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “ishlab chiqarish - fan” integratsiyasini jarayon ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, boshqalar)ning tashkiliy-boshqaruv va huquqiy munosabatlarida resurslar harakatiga sharoitlar yaratish, mas’uliyat va majburiyatlarini ko‘zda tutishga ko‘ra takomillashtirilgan mexanizm “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK bo‘yicha 30.01.2023 yildagi 13-sonli farmoyish asosida amaliyotga joriy qilingan(O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 10.02.2023 yildagi 33-8/906-sonli ma’lumotnomasi, Elektromagnit moslashuv markazi DUKning 3.02.2023 yildagi 01-09/218 sonli dalolatnomasi; “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning 1.02.2023 yildagi 10-34/09 sonli dalolatnomasi; Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUKning 6.02.2023 yildagi 5-1/188 sonli dalolatnomasi).. Ilmiy natijani amaliyotga joriy qilishda jarayon ishtirkchilari faoliyatini maqsadga muvofiq holda yo‘naltirish va ish faoliyatini maqsadli tashkil qilinishi 2021 yilda korxonaning sotilgan mahsulotlari hajmining 39,5 mlrd. so‘mga ortshtgp muayyan darajada xizmat qilgan;
“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat natijalari kabilarga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan sof tushumning 2028 yilga qadar prognoz qiymatlari DUKni istiqbolda rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 10.02.2023 yildagi 33-8/906-sonli ma’lumotnomasi, Elektromagnit moslashuv markazi DUKning 3.02.2023 yildagi 01-09/218 sonli dalolatnomasi; “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning 1.02.2023 yildagi 10-34/09 sonli dalolatnomasi; Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUKning 6.02.2023 yildagi 5-1/188 sonli dalolatnomasi). Natijada korxonaning xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan sof tushumi 2028 yilga kelib 2021 yilga nisbatan ikki barobarga oshirish imkoniyati sharoitida harajatlarni optimallash-tirish, korxona daromadlari miqdorini oshrishning qo‘shimcha imkoniyatlari ochib berilgan;
“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK investi-sion jozibadorlik strategiyasi aniqlashtirilgan holda investisiya jarayoni sxemasi, qaror qabul qilish tartibi va ularni boshqarish algoritmini tako-millashtirish bo‘yicha takliflar “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 10.02.2023 yildagi 33-8/906-sonli ma’lumotnomasi, Elektromagnit moslashuv markazi DUKning 3.02.2023 yildagi 01-09/218 sonli dalolatnomasi; “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUKning 1.02.2023 yildagi 10-34/09 sonli dalolatnomasi; Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUKning 6.02.2023 yildagi 5-1/188 sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi korxona daromadlari hajmining 2021 yilda 9,5 mlrd. so‘mga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan.