Zakirova Feruza Akiljanovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak qon-tomir kasalliklari bilan xastalangan homiladorlarning klinik-prognostik mezonlari va ularda tug‘uruqning kechishini baholash », 14.00.06. – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib192

Ilmiy maslahatchi: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy medisina markazi

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika vrachlar malakasini oshirish instituti DSc.27.06.2017.Tib.31.01

Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna tibbiyot fanlari doktori, professor, Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Karimov Axmad Xashimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Xalqlar do‘stligi» universiteti (Rossiya)

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi:  yurakning klapanli va yallig‘lanish  kasalliklari mavjud homiladorlarda yurak qon-tomir tizimi faoliyatini aniqlash va tug‘uruqning turli asoratlari xavfini klinik-prognostik mezonlarini  ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor homiladorlar gestatsiyasi II-III trimestridagi kamqonlik, O‘M va RYuN tizimli/markaziy gemodinamika va miokardning elektrik hususiyatlari dezadaptiv o‘zgarishlariga, 3 dan ortiq qayta homiladorlik – multigravida (MG) holatlarda ularning chuqurlashuvi, homiladorlik va tug‘uruq asoratlari rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;

ilk bor gestatsiyaning II-III trimestrida O‘M mavjud homiladorlarda yurak etishmovchiligi (YuE) ning I-II funksional sinfiga (FS) xoslik, miokardning elektrik beqarorligi va yurak o‘tkazuvchanligi buzilishi aniqlangan;

ilk bor mitral klapan etishmovchiligi (MKE) ustun bo‘lgan RYuNga xos chap qorincha qisqarish faoliyati pasayishi, o‘pka arteriyasidagi o‘rtacha bosim ortishi va perikard bo‘shlig‘ida suyuqliq paydo bo‘lishiga xos gemodinamik o‘zgarishlar va ularning avj olishi, gestatsiya muddatlari hamda faol revmatik jarayoni bilan aloqadorligi aniqlangan;

ilk bor homiladorlar gestatsiyasi II-III trimestrida miokardning elektrik beqarorligi (QUE, QE) va yurak o‘tkazuvchanligi buzilishi (PQ, QRS uzayishi) faol revmatik jarayonning yetakchi simptomokompleksi  ekanligi isbotlangan;

ilk bor O‘M va RYuN mavjud homiladorlar YuE ning III FS xolati gestozlar, fetoplatsentar etishmovchilik (FE) rivojlanishi va chaqaloqlar umumiy holati Apgar shkalasi bo‘yicha sustlashuvi rivojlanishi, MG esa tug‘uruq faoliyati zaiflashuvi xavf omili ekanligi aniqlangan;

ilk bor klinik va gemodinamik intensiv ma’lumotlarni me’yorlash-tirish usuli asosida O‘M va RYuN mavjud homiladorlarda homiladorlik va tug‘uruq asoratlari rivojlanish xavfini integral baholash tizimi takomillashtirilgan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yurak qon-tomir kasalliklari mavjud xomiladorlarda yurak qon-tomir tizimi faoliyatini baholash va tug‘uruq oqibatlari  xavfining prognostik mezonlarini  ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘choqli miokarditli xomiladorlarda metoprololni qo‘llanilishi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 25 oktyabrdagi 8n-d/42-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma jismoniy yuklanishga chidamlilikni oshiradi, miokardning elektrik beqarorligiga ijobiy ta’sir qiladi hamda yurak etishmovchilik belgilarini kamaytiradi bu esa o‘z navbatida hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi;

«Yurak xastaliklarida homiladorlik va tug‘uruqni olib borish (tashxislash, olib borish taktikasiga umumiy yondoshuvlar)» metodik qo‘llanmasi tasdiqlangan. Mazkur metodik qo‘llanma YuQTXning turli xil gestatsiya bosqichlarida laboratoriya-instrumental va klinik tekshiruv usullarini qo‘llash orqali homiladorlik va tug‘ruqni asoratsiz olib borishga imkon yaratadi;

«Miokardit va yurakning revmatik nuqsoni bilan xastalangan ayollarda homiladorlik vaqtida yurak qon-tomir asoratlarini rivojlanish xavfini hisoblovchi kal`kulyator» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 25 oktyabrdagi 8n-d/42-son ma’lumotnomasi). Mazkur hisoblash kal`kulyatori  miokardit va revmatik yurak nuksonlari mavjud homiladorlarda kardiologik va gestatsion asoratlarni rivojlanish xavfi bilan bog‘liq predikatorlarni erta aniqlash va ushbu homiladorlarni nazorat qilish usulini optimallashtirishga imkon yaratadi;

«Miokardit va yurakning revmatik nuqsoni bilan xastalangan ayollarda tug‘uruq vaqtida yurak qon-tomir asoratlarini rivojlanish xavfini hisoblovchi kal`kulyator» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 25 oktyabrdagi 8n-d/42-son ma’lumotnomasi). Mazkur hisoblash kal`kulyatori  miokardit va revmatik yurak nuqsonlari mavjud homiladorlarda tug‘ruq vaqtidagi asoratlarni rivojlanish xavfi bilan bog‘liq predikatorlarni erta aniqlash va optimal tug‘dirish yo‘lini tanlashga yordam beradi, bu esa jarrohlik yo‘li bilan tug‘dirishni kamaytirishga imkon yaratadi;

yurak qon-tomir kasalliklari mavjud homiladorlarda yurak qon-tomir tizimi faoliyatini baholash va tug‘uruq oqibatlari  xavfining prognostik mezonlarini  ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika perinatal markazi va Toshkent shahar perinatal markazi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 oktyabrdagi 8n-d/42-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshiradi, yurak qon-tomir tizimi faoliyatini baholash, tug‘uruq oqibatlari  xavfini  aniqlash va nazorat qilib turish, homiladorlik va tug‘ruqni asoratsiz olib borish, bemorni xayot sifatini yaxshilash xamda shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish