Komilov Rustamjon Maxamadovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (Ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli ko‘chat qalinligi va chilpish muddatlarining Andijon-35 hamda O‘zPITI-201 g‘o‘za navlari hosildorligiga ta’siri” mavzusidagi 06.01.08 -“O‘simlikshunoslik” (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2021.1.PhD/Qx712
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaboev Zuxriddin Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor$ Abduraxmonov Xusniddin Eshmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda Andijon-35 hamda O‘zPITI-201 navlarining morfobiologik xususiyatlariga mos ko‘chat qalinligini aniqlash va ko‘chat qalinligiga bog‘liq holda maqbul chilpish muddatlarini belgilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarin olib borish va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Andijon-35 va O‘zPITI-201 navlarini 80-90, 100-110 va 120-130 ming ko‘chat qalinligida parvarishlab chilpish o‘tkazishning maqbul muddatlari aniqlangan;
g‘o‘zaning Andijon-35 va O‘zPITI-201 navlarida ko‘chat 80-90 ming tup qoldirilganda 13-14 hosil shoxda chilpish, ko‘chat 100-110 ming tup qoldirilganda 15-16 hosil shoxda chilpish tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini va mikronyeri 4,6-4,7 atrofida bo‘lishi aniqlangan; 
Andijon-35 g‘o‘za navida ko‘chat qalinligi 120-130 ming tup/ga ko‘chat qoldirilib, 11-12 hosil shoxida chilpilgan va O‘zPITI-201 g‘o‘za navida 100-110 ming tup/ga qoldirilib 13-14 hosil shoxida chilpilganda g‘osil elementlar to‘kilishi kamayishi kuzatilgan va o‘z navbatida to‘kilgan hosil elementlar miqdori 16,2-13,9% ni tashkil etganligi aniqlangan; 
turli ko‘chat qalinligida chilpishni tabaqalashtirib qo‘llash evaziga g‘o‘za hosildorligining oshishiga, paxta tannarxining pasayishiga olib kelib, Andijon-35 va O‘zPITI-201 g‘o‘za navlarida 100-110 ming tup/ga ko‘chat qoldirilgan fonda 13-14 hosil shoxda chilpish o‘tkazilganda olingan va rentabellik darajasi 35,3-38,1% ni tashkil etgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘za navlarida ko‘chat qalinligiga bog‘liq xolda chilpish muddatlarini belgilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Andijon-35 va O‘zPITI - 201 g‘o‘za navlarini turli ko‘chat qalinligida yetishtirish va unga bog‘liq xolda chilpish o‘tkazishni maqbul muddatlarini o‘tkazish borasida “Andijon-35 va O‘zPITI-201 g‘o‘za navlarini parvarishlash agrotexnologiyalari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2022 yil 2 martdagi 02/22-04/942-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Andijon-35 g‘o‘za navini turli ko‘chat qalingiga bog‘liq xolda chilpish o‘tkazishning maqbul muddatlarida o‘tkazish bo‘yicha texnologiyasi Farg‘ona vodiysining fermer xo‘jaliklari paxta ekilgan maydonlarining 2659,4 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2022 yil 2 martdagi 02/22-04/942-son ma’lumotnomasi). Buning natijalariga ko‘ra “Andijon-35” navini parvarishlab ko‘chat 80-90 ming tup/ga qoldirilganda eng yuqori hosildorlik 15-16 hosil shoxida chilpish o‘tkazilgan variantda kuzatilib 39,5 s/ga hosil olingan va chilpilmaganga nisbatan 2,5 s/ga qo‘shimcha hosil olinganligi hamda rentabellik darajasi 33,4 foizni tashkil etganligi aniqlangan. 
Shuningdek O‘zPITI-201 g‘o‘za navini ham ko‘chat qalingiga bog‘liq xolda fermer xo‘jaliklari paxta ekilgan maydonlarining 150 gekatrida chilpish o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan. (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2022 yil 2 martdagi 02/22-04/942-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zPITI-201” g‘o‘za navidan 41,0 s/ga hosil olinib, chilpish o‘tkazilmaganga nisbatan 3,8 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik darajasi 37,8% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish