Nomozov Abror Karim o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik ekstrakti hamda sitnetik birikmalar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2782.
Ilmiy rahbar: Beknazrov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Rajabov Yusufboy Nuraddin o‘g‘li, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik ekstrakti va monoetanolamin, malein angidrid, p-fenilendiamin hamda kroton aldegid asosida samarali, ekologik xavfsiz korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Salsola oppositifolia o‘simligidan olingan ekstrakt metallarni korroziyadan himoya qilish ukun “yashil korroziya ingibitor” sifatida qo‘llashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
monoetanolamin, malein angdirid, p-fenilendiamin va kroton al`degid asosida yuqori samarali IKPK-1 va IKMM-1 markali korroziya ingibitorlarining ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
olingan korroziya ingibitorlarning suv bilan sovutish tizimida va turli kislotali muhitlarda metallarni korroziyadan himoyalash darajasi aniqlangan;
korroziya ingibitorlarining ingibirlash mexanizmi va ingibirlash samaradorligi kinetik, termodinamik, gravmetrik va elektrokimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
skanerlovchi elektron mikroskop va atom kuch mikroskop usullari orqali olingan mikrofotografiyalar asosida ingibirlangan po‘lat sirtining morfologik o‘zgarishlari aniqlangan;
Salsola oppositifolia o‘simligidan “yashil korroziya ingibitor” va IKPK-1 hamda IKMM-1 markali korroziya ingibitorlarini olishning ekologik toza texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlik ekstrakti hamda sintetik birikmalar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
sintez qilingan korroziya ingibitorini olish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 8 apreldagi 107/GK-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki suvli aylanma va sovutish sistemalarida yuzaga keluvchi korroziyadan po‘lat materiallarini himoyalash imkonini beradi;
metall konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilishda ishlatiladigan yashil korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 11 maydagi 23010107/343-son ma’lumotnomasi). Natijada, kislotali yuvishdan hosil bo‘luvchi agressiv kislotali-tuzli chiqindi suvlarni o‘tkazuvchi va saqlovchi po‘lat konstruksiyalarni korroziyadan himoyalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish