Eshquvvatov Ulug‘bek Abdulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari (yo‘l muhandisligi ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3219.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Shomirzayev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Husniddin Oltinbayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Dusyarov Xudoymurot Chorshanbiyevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarining yo‘l muhandisligi ta’lim yo‘nalishi talabalarida muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyalari takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhandislar tayyorlash ta’lim jarayonida boshlang‘ich kurslardan boshlab talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlari bo‘yicha bilim va malakalarini rivojlantiruvchi takomillashgan integrativ yondashuvga ko‘ra transformatsiyalash orqali muhandislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalari ishlab chiqilgan;
talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni hamda pedagogik jarayon natijaviy komponentlari multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillariga ustuvorlik berish, faoliyatli o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
muhandislik uslubiyatlari (aggregatsiya, dekompozisiya) asosida muhandislik fanlarini o‘qitishda muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlashning fanlararo integrativ xususiyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlanganligini adekvat mezonlar asosida kompleks baholash yuzasidan produktiv, izlanuvchan va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muhandislar tayyorlash ta’lim jarayonida boshlang‘ich kurslardan boshlab talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlari bo‘yicha bilim va malakalarini rivojlantiruvchi takomillashgan integrativ yondashuv asosida transformatsiyalash orqali muhandislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalariga oid ishlab chiqilgan takliflardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-SBHE-JP raqamli TRIGGER (“TRIGGER – Triggering Innovative Approaches and Entrepreneurial Skills for studens through creating sonditions for graduate’s employability in Central Asia – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi sharoitlarini yaratish uchun talabalarning innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini yo‘lga qo‘yish) mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 16-martdagi 02/01-01-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif va tavsiyalar talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni hamda pedagogik jarayon natijaviy komponentlari multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida faoliyatli o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2022 yillarda bajarilgan №AIF-2/19 “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida innovatsion ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasidagi “Avtomobil yo‘lining mavjud holatini baholash” nomli elektron dastur ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 16-martdagi 02/01-01-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur elektron dastur bo‘lajak talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
muhandislik uslubiyatlari (aggregatsiya, dekompozisiya) asosida muhandislik fanlarini o‘qitishda muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlashning fanlararo integrativ xususiyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-SBHE-JP raqamli TRIGGER mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 16-martdagi 02/01-01-38-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar DTS 2022-2023 o‘quv yilida amaliyotga joriy etilgan “Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jihozlash” nomli yangi avlod o‘quv adabiyotining yaratilishiga asos bo‘lgan;
talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlanganligini adekvat mezonlar asosida kompleks baholash yuzasidan produktiv, izlanuvchan va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalarni samarali tatbiq etish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida innovatsion ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 16-martdagi 02/01-01-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar talabalarning muhandislik kasbiga oid kreativ qobiliyatlarini rivojlanganlik darajalarini baholash imkonini bergan.