Normurodova Ruxsora Zokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetning 2 turida bemorlar tish implantatlarida qullaniladigan dioksid sirkon karonkalarni asoslash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. RhD /Tib1731.
Ilmiy maslaxatchilar: Safarov Murod Tashpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ruziddinov Saurbek Ruziddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Do‘stmuxamedov Mahmud Zokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda implantatlarga o‘rnatilgan dioksid sirkon qoplamalaridan foydalanishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda sirkon qoplamalari bo‘lgan protezlar gigienik indeksini statistik jihatdan sezilarli darajada 1,4 baravar kamaytirishi aniqlangan;
dioksid sirkon qoplamalari bilan protezlanganda, metal-keramika qoplamalarga nisbatan yallig‘lanish kuzatilmaganligi va shu sababli suyak rezorbsiya darajasi kamayganligi aniqlangan;
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda implantat ustiga o‘rnatilagan dioksid sirkon qoplamalar tarkibiy tuzilishidagi afzallliklari sabali patogen mikroflorasining yopishqoqligi kamayganligi isbotlangan;
dioksid sirkon qoplamalar bilan protezlanganda 2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarda to‘qimalarning qon oqimini va mikrotomirlarning vazomotor faolligini sezilarli darajada yaxshilanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ortopedik protezlar yordamida davolash samaradorligini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz mikroorganizmlarining tish implantlaridagi koronkalarga yopishish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz mikroorganizmlarining tish implantlaridagi koronkalarga yopishish darajasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 8n-r/419-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda og‘iz mikroorganizmlarining tish implantlaridagi koronkalarga yopishish darajasini yaxshilash imkonini yaratgan;
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda sun’iy qoplamalar bilan protezlashdan so‘ng implantat atrofi gemodinamikasi jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "2-tur kandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qisman adentiya diagnostikasi usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 8n- p/81-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarning tadqiqot guruhida dental implantlar bo‘yicha sun’iy koronkalar bilan protezlashda peri-implant zonasining gemodinamik ko‘rsatkichlarini tiklash sxemasini aniqlash imkonini bergan;
qandli diabetning 2 turida bemorlar tish implantatlarida qullaniladigan dioksid sirkon karonkalarni asoslash bo‘yicha tadqiqot ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent viloyati endokrinologiya dispanseri xamda ORTHO CURE xususiy klinikalarida amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyundagi 8n-r/276-son ma’lumotnomasi) Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning ijtimoiy reabilitatsiyasini oshirish, tish qoplamalaridan foydalanishda noqulaylikni kamaytirish, stomatologik salomatlik va bemorlar xayot sifatini yaxshilash imkoniyatini bergan.