To‘xtasheva Malohat Nafasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antifriksion-eyilishbardosh kompozision materiallar va ular asosida qoziqchali detallar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi; 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T160.
Ilmiy rahbar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibodullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antifriksion-eyilishbardosh kompozision materiallar va ular asosida qoziqchali detallar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh kompozision termoplastik materiallar olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh kompozision polimer materiallar xossalarining bosim ostida quyishning texnologik parametrlarining bog‘liqligidan o‘zgarish qonuniyatlari asosida ularning korrelyasion bog‘liqliklari aniqlangan;
yaratilgan antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh kompozision materiallar mustahkam xossalarga, paxta bilan ta’sirida past ishqalanish koeffisienti va yuqori eyilishbardoshlikka ega bo‘lishi aniqlangan;
antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh kompozision termoplastik materiallaridan detal` va buyumlarni konstruksiyalashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sir sharoitida ishlaydigan paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlari ishchi organlarining ishqalanuvchi juftlari uchun qoziqchali monolit va yuqori sifatli detallarini tayyorlash texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo asosida antifriksion-eyilishbardosh kompozision polimer materiallardan mashina va mexanizm ishchi organlari uchun qoziqchali detallar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antifiriksion-eyilishbardosh kompozisiyalar tarkibi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05000, 2015 y.). Natijada yaratilgan antifriksion-eyilishbardosh polimer kompozisiyalar paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlarining ish qobiliyati va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
yaratilgan AEKPMdan tayyorlangan detallar «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tizimidagi korxonalarda joriy qilingan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2017 yil 21 sentyabrdagi MA-i/1126-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta qayta ishlash mashinalari qoziqchali detallarni ishlash muddatini 1,5–1,8 barobar oshirish imkonini bergan;
kompozision polimer materiallaridan tayyorlangan qoziqchali detallar Bo‘ka paxta tozalash zavodi AJ amaliyotiga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2017 yil 21 sentyabrdagi MA-i/1126-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlarining ish unumini oshishi va elektroenergiyaning sarf bo‘lishini kamayish imkonini bergan.