Muxitdinova Kamola Oybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homila tushish xavfining oldini olishda proteaza ingibitorlarining o‘rni» 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya, 14.00.01– Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2125.
Ilmiy rahbarlar: Aleynik Vladimir Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmatshaeva Xabiba Nabievna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori; Niyazmetov Raxmatullo Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: haddan tashqari ortiq immun reaksiyada beixtiyor homila tushish mexanizmlarida proteaz ingibitorlarining ishtirokini asoslash hamda homiladorlikni etkazib bera olmaslikning oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlikning erta davrlarida haddan tashqari yallig‘lanish oldi immun reaksiyasi bo‘lmagan ayollarda genital infeksiyalarning mavjudligi va proteaz ingibitorlarini etarli darajada tuzatuvchi reaksiyasi homiladorlikning ijobiy kechishi va rivojlanishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
homiladorlikning erta davrlarida genital infeksiyalar bo‘lmagan ayollarda haddan tashqari yallig‘lanish oldi immun reaksiyasining mavjudligi va proteaz ingibitorlarini tuzatuvchi reaksiyasi etarli darajada bo‘lmaganligi homiladorlikning salbiy kechishi va homila tushishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
haddan tashqari yallig‘lanish oldi immun reaksiyasi kuzatilgan va genital infeksiya bo‘lmagan ayollarda pregravidar tayyorlov sifatida proteaz ingibitorlari va past molekulali antikoagulyant kompleksidan foydalanishi homiladorlikning erta davrlarida ijobiy kechishi va homila tushishini oldini olishi isbotlangan;
genital infeksiyalari va haddan tashqari yallig‘lanish oldi immun reaksiyasi bo‘lgan ayollarda proteaz ingibitorlari va past molekulali antikoagulyant kompleksi bilan antibakterial vositalardan foydalanishi haddan tashqari yallig‘lanish oldi immun reaksiyasini pasaytirish va yuqumli omillarning ta’sirini kamaytirish natijasida homiladorlikning erta davrlarida salbiy kechishi va homila tushishini oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilaning tushish xavfini oldini olishda proteaza ingibitorlarining o‘rnini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
beixtiyor homila tushish mexanizmlarida proteaz ingibitorlarining ishtiroki va ular homiladorlikni muddatiga etkazib bera olmaslikning oldini olishda qo‘llash bo‘yicha olingan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Homiladorlikning erta muddatlarida immunologik ko‘rsatkichlarga kompleks pregravidar davolashning ta’siri» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 okyabrdagi 8n-z/510-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada reporduktiv yoshdagi ayollarda homilaning tushish xavfini oldini olishda proteaza ingibitorlarining o‘rnini baholash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
homilaning tushish xavfini oldini olishda proteaza ingibitorlarining o‘rnini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona davlat tibbiyot birlashmasi markaziy shahar shifoxonasining ginekologiya bo‘limi va Namangan shahar tug‘ruq kompleksining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 8 feraldagi 08-02974-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi homila tushishi rivojlangan va erta muddatlarda homiladorlikning salbiy kechishi ehtimoliga egaligini inobatga olib, yallig‘lanish oldi immun reaksiyasi hamda genital infeksiya kuzatilgan ayollarda proteaz ingibitorlari va past molekulali antikoagulyant kompleksi bilan antibakterial vositalardan foydalanishi haddan tashqari yallig‘lanish oldi immun reaksiyasini pasaytirish va yuqumli omillarning ta’sirini kamaytirish hamda erta muddatlarda homiladorlikning ijobiy kechishiga imkonini bergan.