Azizov Obid Ergashjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog’i): “Pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish”, 13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2348.
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Normurod Nosirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari kommunikativ-nutqiy faoliyatga tayyorlashning metodoligik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini shakllantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshiruvchi axborotli-kommunikatsion mobil muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik ta’minotini mazmunan takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning mantiqiy-funsional tuzilmasiga asoslangan tuzilmaviy-metodik modeli maqsad, mazmuniy, jarayoniy, baholovchi-natijaviy bosqichlarda kasbiy mobillikni va pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlashga ustuvorlik beruvchi pedagogik strategiyani ishlab chiqish hamda kasbiy ta’lim sub’ektlarining telekommunikatsion o‘zaro ta’sir klasterini umumlashtirish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini gnostik, aksiologik, interaktiv va empirik komponentlarini innovatsion yondashuv orqali rivojlantirish metodikasi kommunikativ-nutqiy faoliyatni olib boruvchi ijtimoiy tarmoqlararo mobil muhitni tashkil etish, universal kommunikativ harakatlarni amalga oshirishning muloqotli kombinatsiyasini shakllantirish hamda mustaqil kasbiy rivojlanishga imkon beruvchi elektron o‘qiv kursini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’limda o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini gnostik, aksiologik, interaktiv va empirik komponentlarini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalarini baholashning kognitiv, faoliyatli, kreativ mezonlari ishlab chiqarish va profeessional ta’limning tarmoq o‘zaro hamkorlikda professional sifatlarni shakllanishini ta’minlash hamda miqdoriy mezon ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymat ishonch oralig‘ini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari kommunikativ-nutqiy faoliyatga tayyorlashning metodoligik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini shakllantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshiruvchi axborotli-kommunikatsion mobil muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik ta’minotini mazmunan takomillashtirish asosida aniqlashtirishga doir taliflar “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-oktyabrdagi 89-05-134-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma pedagogika kolleji o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning mantiqiy-funsional tuzilmasiga asoslangan tuzilmaviy-metodik modeli maqsad, mazmuniy, jarayoniy, baholovchi-natijaviy bosqichlarda kasbiy mobillikni va pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlashga ustuvorlik beruvchi pedagogik strategiyani ishlab chiqish hamda kasbiy ta’lim sub’ektlarining telekommunikatsion o‘zaro ta’sir klasterini umumlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Talabalarda assertiv xulqni shakillantirishning ijtimoiy-psixolog xususiyatlari” (2017-2021)” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-oktyabrdagi 89-05-134-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tuzilmavit-metodik model pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga [izmat qilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini gnostik, aksiologik, interaktiv va empirik komponentlarini innovatsion yondashuv orqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlanganligining reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalarini baholashning kognitiv, faoliyatli, kreativ mezonlarini takomillashtirishga doir takliflar “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi, treninglar va mashqlar joylashtirilgan va “Topshiriqlar”, “Nazariy materiallar”, “Tavsiyalar” va “Baholash jurnali” modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-oktyabrdagi 89-05-134-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik modullar pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.