Nafiddinova Xosiyat Ravshanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisi an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlar”, 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya, antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar623.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Manzila Boqievna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Fayzullaeva Mavluda Hamzaevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisining an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro vohasida “aqiqa”, “beshik to‘yi”,”sunnat”, “muchal to‘yi” va “sallabandon-salla bog‘lash” kabi oilaviy marosimlar aholining moddiy farovonligini kuchayishi, taqlid va dabdababozlik natijasida o‘zgarishlarga uchrab ommalashib borayotganligi asoslangan;    
voha aholisi orasida o‘tkaziladigan oilaviy marosimlar an’anaviy tarbiya usuli sifatida bola psixologiyasi va uning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda xalqning muayyan bilimi, kundalik hayotidagi o‘zgarishlar hamda ko‘nikma-tajribalariga asoslanib yaratilganligi dalillangan;
vohaning o‘zbek va tojik millatiga mansub aholi orasida nikoh oilaviy marosimlarida saqlanib kelinayotgan to‘yoldi (sovchilik, oqlik, to‘y fotiha, padar oshi, xinobandon-xina qo‘yish, domodbari-kuyov eltish, ro‘yi binon-yuz ochdi), to‘y va to‘ydan keyingi udum va an’analari taom (non sindirish, shirinxo‘ri) va atributlar (ro‘mol berdi, oqlik etish, kiyimga qaychi urish, jomapo‘shon, raxtzanon, ro‘pokcha kashi) asosida shakllanganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida hukumatning oilaviy marosimlarni qisqartirish borasidagi targ‘iboti, jamoatchilik nazorati asosida nikoh to‘yi bilan bog‘liq, dafn marosimlari tarkibida yigirma va qirqning birlashgani, beshik to‘yi va aqiqa, sunnat to‘yi va sallabandonning birga o‘tkazilishi, ba’zi marosimlar yosh avlodga begonalashib borayotganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro vohasi an’anaviy oilaviy marosimlarini ilmiy manbalar va dala materiallariga asosan o‘rganish masalasini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
voha aholisi orasida o‘tkaziladigan oilaviy marosimlar an’anaviy tarbiya usuli sifatida bola psixologiyasi va uning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda xalqning muayyan bilimi, kundalik hayotidagi o‘zgarishlar hamda ko‘nikma-tajribalariga asoslanib yaratilganligi ilmiy adabiyotlar va dala etnografik ma’lumotlar qiyoslash natijalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining “Yoshlar tarbiyasida an’ana va qadriyatlarimizning o‘rni va ahamiyati” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 23 dekabrdagi 404-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikning Buxoro vohasi an’anaviy oilaviy marosimlariga bo‘lgan munosabatni yanada yuksaltirish, milliy merosni targ‘ib qilish va kelajak avlodga etkazishda manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan;
aholi orasida nikoh oilaviy marosimlarida saqlanib kelinayotgan to‘yoldi (sovchilik, oqlik, to‘y fotiha, padar oshi, xinobandon-xina qo‘yish, domodbari-kuyov eltish, ro‘yi binon-yuz ochdi), to‘y va to‘ydan keyingi udum va an’analari taom (non sindirish, shirinxo‘ri) va atributlar (ro‘mol berdi, oqlik etish, kiyimga qaychi urish, jomapo‘shon, raxtzanon, ro‘pokcha kashi) aks etgan tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston tarixi telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 10 yanvardagi 06-31-54-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvlar tayyorlashda materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi va ilmiy-ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;         
vohaning o‘zbek va tojik millatiga mansub aholi orasida nikoh oilaviy marosimlarida saqlanib kelinayotgan to‘y oldi (sovchilik, oqlik, to‘y fotiha, padar oshi, xinobandon-xina qo‘yish, domodbari-kuyov eltish, ro‘yi binon-yuz ochdi), to‘y va to‘ydan keyingi udum va an’analari taom (non sindirish, shirinxo‘ri) va atributlar (ro‘mol berdi, oqlik etish, kiyimga qaychi urish, jomapo‘shon, raxtzanon, ro‘pokcha kashi) asosida shakllanganligi yoritilgan natijalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 21 dekabrdagi 14-07-2189-son ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro vohasi an’anaviy oilaviy marosimlarida kuzatilayotgan yangiliklar, aholining moddiy turmushi va iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar mazmun mohiyatini to‘laqonli anglashda muhim ilmiy uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish