Avutxonov Burxon Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sorghum almum Parodining turli o‘stirish sharoitlaridagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari», 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B147.
Ilmiy rahbar: Safarov Karimdjon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Davronov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Xamdamov Iskandar, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitlarida Kolumb o‘ti (Sorghum almum Parodi)ning o‘sishi, rivojlanishi, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilkbor Samarqand viloyatining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitlarida noan’anaviy em-xashak ekini - Sorghum almum Parodining o‘sishi, rivojlanishi, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
o‘simliklarning ontogenezi mobaynida o‘sish jadalligi, rivojlanishi hamda urug‘ va yashil massa hosildorligining turli o‘stirish sharoitlariga bog‘liqligi isbotlangan;
Kolumb o‘ti vegetatsiyasining turli davrlarida barglaridagi plastid pigmentlar miqdori, barg sathi, quruq modda hosil qilishi, fotosintezning sof mahsuldorligi va yashil massaning biyokimyoviy tarkibi turlicha bo‘lishi aniqlangan;
introduksiya sharoitlarida suv almashinuvi xususiyatlari orqali Kolumb o‘tining qurg‘oqchilikka chidamlilik belgilari asoslangan;
Samarqand viloyati sharoitida Kolumb o‘tini etishtirish va amaliyotga jorish etish yo‘llari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sorghum almum Parodining turli o‘stirish sharoitlaridagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Kolumb o‘ti (Sorghum almum Parodi) Samarqand viloyatining Oqdaryo, Ishtixon va Nurobod tumanlari dalalarida istiqbolli em-xashak ekini sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/12-124-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan hududlarda asosiy ekin sifatida ekilganida gektaridan 1900-2100 sentner, takroriy ekinda 1050-1100 sentner, lalmi sharoitda ekilganida esa 325 sentner sifatli em-xashak olish imkonini bergan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida bug‘doydoshlar (Poaceae) oilasining jo‘xori (Sorghum) turkumiga mansub o‘simliklar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 martdagi 02/21-181-son ma’lumotnomasi). Natijada jo‘xorining “Qorabosh” navidan yuqori hosil olish hamda ko‘p o‘rimli jo‘xori turkumiga mansub nav namunalarini yaratish va ularning kolleksiya gen bankini boyitishga imkon bergan;
Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz sho‘rlangan hududlari dehqonchiligi bo‘yicha Xalqaro Markazning “Markaziy Osiyoning noqulay sharotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xavfsizligini oshirish maqsadidagi hududiy hamkorlik” mavzusidagi halqaro loyihasida Markaziy Osiyoning noqulay tuproq-iqlim sharotlarida noan’anaviy ozuqabop o‘simliklarni baholashda foydalanilgan (IKARDA xalqaro tashkilotining 2018 yil 26 yanvardagi 0081-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyo mintaqasida noan’anaviy o‘simliklar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, oziq-ovqat mahsulotlarini va ularning xavfsizligini oshirish imkonini bergan.