Oblokulova Zarnigor Ilxomovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Osobennosti immunno – bioximicheskix pokazateley pri vnepechenochnix proyavleniyax xronicheskogo gepatita S”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1789.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, Ruzibakieva Malika Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gepatit C bilan kasallangan jigardan tashqari belgilari bo‘lgan bemorlarning immunologik, gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini krioglobulinemiya mavjudligiga ko‘ra aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
surunkali virusli gepatit C ning jigardan tashqari ko‘rinishlari bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobida me’yoriy qiymatlarga nisbatan IL-10 2,37 martaga kamaygan, IL-18 2,71 martaga oshgan, krioglobulinemiyali bemorlarda krioglobulinemiyasi bo‘lmagan bemorlarga nisbatan IL-10 1,50 martaga, IL-18 1,24 martaga oshgan, bu dalil ushbu patologiya bilan kasallangan bemorlarning immun tizimidagi zo‘riqish asoslangan;
ilk marta krioglobulinemiyaning ushbu toifadagi bemorlarning qon zardobidagi IL-10 va IL-18 miqdoriga ta’siri isbotlangan va shu bilan krioglobulinemiya jigardan tashqari namoyon bo‘lgan surunkali virusli gepatit C bilan kasallangan bemorlarning organizmida infeksiyaga qarshi himoyaning pasayishiga olib kelishi aniqlangan;
krioglobulinemiya klinik va laborator ko‘rsatkichlariga va jigarda fibroz hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, krioglobulinemiyaning mavjudligi jigar fibrozining bosqichlarining uchrashini oshiradi va bemorlarda elastografik ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir qilishi isbotlangan;
surunkali virusli gepatit C ning jigardan tashqari ko‘rinishlari bilan kasallangan krioglobulinemiyali bemorlarda, fibroz bosqichining kuchayishi bilan IL-10 miqdori ishonarli darajada oshish va IL-18 miqdori ishonarli darajada kamayish tendensiyasiga ega bo‘lgan, krioglobulinemiyasiz bemorlarda sitokinlar fibrozning bosqichiga ko‘ra ishonarli darajada farq qilmaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkaligepatit C ning jigardan tashqari ko‘rinishlarida immun-biokimyoviy ko‘rsatkichlarning xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar asosida:
surunkalivirusligepatit C ning jigardan tashqari ko‘rinishlari bilan kasallangan bemorlarda jigar fibrozining ifodalanganligini yaxshilash imkonini bergan «Jigardan tashqari namoyon bo‘lgan surunkali virusli gepatit C bilan kasallangan bemorlarda jigar fibrozining ifodalanganligini baholash»uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 maydagi № 8n-r/475-son ma’lumotnomasi).Uslubiy tavsiyanoma jigardan tashqari belgilari bo‘lgan surunkali gepatit C bilan og‘rigan bemorlarda klinik, laborator va instrumental tadqiqotlar natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
surunkali gepatit S ning jigardan tashqari ko‘rinishlari bilan kasallangan bemorlarning immun-biokimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va RShTYoIM Buxoro filiali, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydagi  8n-z/255-son xulosasi). Olingan natijalar o‘rganilgan bemorlarda jigarning elastometrik ko‘rsatkichlarini va sitokin statusini aniqlashning tashhisot qiymatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish