Taylakova Guli Bekmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD/Ped3770.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfuddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxan Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Berdanov Ulug‘bek Abdumurodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘zgaruvchan ta’limiy-axborot muhitini yaratishga qaratilgan ta’lim xizmatlari buyurtmachilari talablarini o‘rganish, axborotlarni oddiydan murakkabga qarab tizimlashtirish hamda uzoqdagi axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini bosqichma-bosqich oshirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish jarayoni o‘quvchilarning motivatsiyasini maqsadli oshirish, kreativ fikrlashini rivojlantirish, tirishqoqlik va maqsadni to‘g‘ri qo‘yish tamoyillariga ko‘ra ochiq ta’lim resurslar ichki imokniyatlarini elektron-ta’limiy maqsadlar mazmuniga vektorli moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish modeli o‘quv jarayonini sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishga qaratilgan vizual materiallarni namoyish qilishni boshqarish, guruh ishlarini tashkil etish hamda frontal-video qismlarini ko‘rish va ob’ektlarning o‘zgarishini kuzatish jarayoni davomiyligining ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish mezonlari web-resurslariga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, didaktik va texnik talablarni izchil o‘rganishni ta’minlashga qaratilgan axborot bilan ishlashning amaliy usullarini o‘zlashtirish, nazorat topshiriqlari va o‘z-o‘zini tekshirish savollarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish samaradorligi o‘zgaruvchan ta’limiy-axborot muhitini yaratishga qaratilgan ta’lim xizmatlari buyurtmachilari talablarini o‘rganish, axborotlarni oddiydan murakkabga qarab tizimlashtirish hamda uzoqdagi axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini bosqichma-bosqich oshirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar 2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 maydagi 02-07-1384/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qo‘yiladigan psixologik-pedagogik, didaktik, texnik va metodik talablarni aniqlashga erishilgan;
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish jarayoni o‘quvchilarning motivatsiyasini maqsadli oshirish, kreativ fikrlashini rivojlantirish, tirishqoqlik va maqsadni to‘g‘ri qo‘yish tamoyillariga ko‘ra ochiq ta’lim resurslar ichki imokniyatlarini elektron-ta’limiy maqsadlar mazmuniga vektorli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A-1-23 raqamli “O‘qituvchilar uchun multimediyali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 uil 21 maydagi 02-07-1384/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o‘quv jarayonida foydalaniladigan elektron ta’lim resurslari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish modeli o‘quv jarayonini sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishga qaratilgan vizual materiallarni namoyish qilishni boshqarish, guruh ishlarini tashkil etish hamda frontal-video qismlarini ko‘rish va ob’ektlarning o‘zgarishini kuzatish jarayoni davomiyligining ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar 2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada elektron ta’lim muhitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan WEB texnologiyalarga asoslangan elektron ta’lim resurslarinidan foydalanish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 maydagi 02-07-1384/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalari oshirish imkoni kengaytirilgan;
elektron ta’lim muhitida web texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish mezonlari web-resurslariga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, didaktik va texnik talablarni izchil o‘rganishni ta’minlashga qaratilgan axborot bilan ishlashning amaliy usullarini o‘zlashtirish, nazorat topshiriqlari va o‘z-o‘zini tekshirish savollarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtiriga oid tavsiyalar A-1-23 raqamli “O‘qituvchilar uchun multimediyali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 maydagi 02-07-1384/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o‘quv jarayonida foydalaniladigan elektron ta’lim resurslari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish