Mamatkulov Sanjar Toshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsda hayotiy pozisiya shakllanishining ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal326.
Ilmiy rahbar: Ochilova Baxti Murodovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musayev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qaxxorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini ilmiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayotiy pozisiyaning kognitiv, aksiologik, emotsional, ekzistensial, xulqiy va akmeologik komponentlari, ularga xos bo‘lgan aktuallashtiruvchi, motivatsiyalovchi, mo‘ljal beruvchi, yo‘naltiruvchi va stimullashtiruvchi funksional elementlarning o‘zaro aloqadorlikda shaxs hayotining strategik tabiatini aks ettirib, uning faoliyatini tizimlashtirishi hamda ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini belgilab berishi asoslangan;
shaxs hayotiy pozisiyasi tasnifining onglilik, ahamiyatlilik, psixoenergetik, faoliyatning yo‘nalganligi, motivatsiyaviy yo‘nalganlik, emotsional tartibga solinganlik kabi mezonlari aniqlanib, shaxs hayotiy pozisiyasi ichki strukturasini tashkil qiluvchi ustuvor e’tiqodlar, qadriyatlar va prinsiplarning shaxs amaliy faoliyatida namoyon bo‘lishi hamda hayot tarzining barqaror jihatlarini ifoda etishi strukturaviy-funksional jihatdan dalillangan;
hayotiy pozisiyaning determinantlashuvi shaxs ijtimoiylashuvining interiorizatsiya-eksteriorizatsiyasi jarayonida ehtiyoj va manfaatlar dinamikasiga mutanosib tarzda yuzaga keladigan e’tiqod hamda qadriyatlarning iyerarxiyaviy tartiblanish prinsipiga muvofiq bo‘lishi ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan;
shaxsda hayotiy pozisiyaning shakllanishi murakkab individual ma’naviy-ruhiy va ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida subektiv omillar (shaxsiy e’tiqod, qadriyat va tamoyillar) hamda obektiv ijtimoiy shart-sharoitlar (jtimoiy aksiomalar, madaniy qadriyatlar, mafkuralar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar)ning dialektik aloqadorligida kechishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsda hayotiy pozisiya shakllanishining ijtimoiy falsafiy jihatlari tahlili doirasidagi taklif va tavsiyalar asosida:
hayotiy pozisiyaning kognitiv, aksiologik, emotsional, ekzistensial, xulqiy va akmeologik komponentlari, ularga xos bo‘lgan aktuallashtiruvchi, motivatsiyalovchi, mo‘ljal beruvchi, yo‘naltiruvchi va stimullashtiruvchi funksional elementlarning o‘zaro aloqadorlikda shaxs hayotining strategik tabiatini aks ettirib, uning faoliyatini tizimlashtirishi hamda ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini belgilab berishiga oid ilmiy natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ““Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijakorligini oshirishga, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturi II. 10-bandi ““Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatda boshlangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga yetkazish, jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash, bunda ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalari salohiyatidan unumli foydalangan holda qaratilgan tizimli targ‘ibotni amalga oshirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 19-maydagi 02/08-551-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarda faol hayotiy pozisiyani shakllantirishga doir targ‘ibot ishlarining samaradorligi ortishiga xizmat qilgan.
shaxs hayotiy pozisiyasi tasnifining onglilik, ahamiyatlilik, psixoenergetik, faoliyatning yo‘nalganligi, motivatsiyaviy yo‘nalganlik, emotsional tartibga solinganlik kabi mezonlari aniqlanib, shaxs hayotiy pozisiyasi ichki strukturasini tashkil qiluvchi ustuvor e’tiqodlar, qadriyatlar va prinsiplarning shaxs amaliy faoliyatida namoyon bo‘lishi hamda hayot tarzining barqaror jihatlarini ifoda etishiga oid ilmiy natijalaridan Sog‘liqni saqlash vazirligining “Eng yuqori reytingli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi, ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy amaliy markazlari” tanlovi tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vazirligining 2021-yil 15-martdagi 8-9-8/425-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston fuqarolarini turli g‘oyaviy tahdidlardan himoyalashni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, kishilarda, ayniqsa yoshlarda sog‘lom hayotiy pozisiyani shakllantirish va mustaxkamlashda amaliy jihatdan xizmat qilgan.
hayotiy pozisiyaning determinantlashuvi shaxs ijtimoiylashuvining interiorizatsiya-eksteriorizatsiyasi jarayonida ehtiyoj va manfaatlar dinamikasiga mutanosib tarzda yuzaga keladigan e’tiqod hamda qadriyatlarning iyerarxiyaviy tartiblanish prinsipiga muvofiq bo‘lishiga oid ilmiy natijalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2020-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasining 5.3. “O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha vazifalar” yo‘nalishi 94. “Partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishning ustuvor vazifalari” bandi vazifalari ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2021-yil 21-apreldagi 04/02-93-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy natijalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi dasturining takomillashuviga xizmat qilgan.
shaxsda hayotiy pozisiyaning shakllanishi murakkab individual ma’naviy-ruhiy va ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida subektiv omillar (shaxsiy e’tiqod, qadriyat va tamoyillar) hamda obektiv ijtimoiy shart-sharoitlar (jtimoiy aksiomalar, madaniy qadriyatlar, mafkuralar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar)ning dialektik aloqadorligida kechishiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashining 2020-yil ish rejasida belgilangan “Yoshlarda besh tashabbus – besh imkon”, “Yoshlar mutaassiblik va aqidaparastlikka qarshimiz”, “Xalqaro tarmoqda yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan muxofaza etish” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2021-yil 25-martdagi 04-13/553 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar orasida olib borilgan ma’naviy targ‘ibotlarning ilmiy-ma’rifiy asoslarining mustaxkamlanishiga, yoshlarda keng dunyoqarash va qat’iy hayotiy pozisiyani shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ta’sirchanligi oshishiga xizmat qilgan.