Ibragimova Nargiza Sayfutdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Komorbid patologiya sharoitida teri qichishining kechishi, davolash va uni oldini olishning klinik-patogenetik xususiyatlari», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib167.
Ilmiy raxbar: Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Kaxramon Nadjmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xajimetov Abdagafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya halqlar do‘stligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:yosh bilan bog‘liq, metabolik va birgalikda kechuvchi kasalliklarni hisobga olgan holda keksa yoshdagi bemorlardagi teri qichishishini davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa va qari yoshdagi shaxslarda teri qichishishining rivojlanishi simpatik, parasimpatik nerv tizimi muvozanatining buzilishi, vegetativ adaptatsiya va vegetativ reaktivlikning o‘zgarishi xamda simpatik-adrenal faollikning susayishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
teri qichishishi mavjud bo‘lgan bemorlarda atsetillanishning tezkor fenotipini belgilovchi NAT2*5, NAT2*12 va NAT2*13 atsetillangan genotiplarning ko‘payishi bilan birga NAT2*7ning kamayishi aniqlangan;
atsetillanishning fenotiplari bilan nerv sistemasi tiplarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, nerv tizimining kuchli tipida tezkor fenotip, nerv tizimining kuchsiz tipida atsetillanishning sekin fenotipi va oraliq fenotipda esa nerv tizimining faqat o‘rta tipi ega bo‘lgan bemorlarda uchrashi aniqlangan;
zararlangan terining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishi (degidratatsiya, kseroz, teri yog‘i giposekresiyasi va teri rNi) bilan qichishning kuchayishi va teridagi ikkilamchi effloressensiyalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi ochib berilgan;
keksa va qari yoshdagi shaxslarda melatonin ekskresiyasining me’yordan ko‘p pasayishi va uni qichishish paydo bo‘lganida kuchayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Komorbid patologiya sharoitida teri qichishining kechishi, davolash va oldini olishning klinik-patogenetik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Teri qichishishi mavjud bo‘lgan keksa va qari yoshdagi shaxslar hayot sifatini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 2 dekabrdagi 8N-g/621-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma remissiya muddatini uzaytiradi va kasalxonaga yotuvchi bemorlar sonini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
teri qichishishining davolash va reabilitatsiya chora-tadbirlari sxemasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent viloyati va Marg‘ilon shahri teri-tanosil dispanserida amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 12 fevraldagi 8n-g/6-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar davolashning takroriy kursini o‘tadigan bemorlar sonining 27,7 foizga kamayishiga, teri qichishishi mavjud bo‘lgan bemorlarda statsionarda davolanish kunlari 3,2 kunga kamaytirishga hamda shifokorlarga murojaat qilishini 2 marotabaga kamaytirib, statsionar va ambulator davolanish xarajatlarini kamayishiga, ularning xayot kechirish sifatini 1,5 marotaba oshirishiga imkon yaratgan.