Turdiev Eralijon Muxtorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida aktivlarni boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1222.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Komolov Odil Sayfiddinovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bank Moliya Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida aktivlar menejmentining fundamental asoslarini tadqiq qilish va zamonaviy taraqqiyot tendensiyalariga asoslangan holda takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalaridagi asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi fond qaytimi ko‘rsatkichini oshirish maqsadida asosiy vositalar aktiv va passiv qismlari bo‘yicha nisbatni 0,5 koeffisiyent qilib belgilash taklifi ishlab chiqilgan;
aylanmadan tashqari va aylanma aktivlar nisbatini tavsiya etilgan optimal chegaralariy mezonlarini ta’minlash orqali operatsion faoliyat samaradorligi va aktivlar aylanuvchanligini 1,2 – 1,5 baravar oralig‘ida oshirish taklifi asoslangan;
Kontrollingning meta tizimi sifatida aktivlarni boshqarishning funksional elementlari kompleksini mujassamlashtiruvchi “Aktivlar menejmenti kontrollingi”ni joriy qilish orqali axborot-tahliliy va uslubiy qo‘llab-quvvatlash tizimi tavsiya etilgan;
debitorlik qarzlarini boshqarishda ularni korxonalar sotish siyosatini realizatsiya qilishdagi muhimligi, buyurtmalar va kechiktirilgan debitorlik qarzlari chastotasi va debitorlik qarzlarining muddati kabi mezonlarga ko‘ra tasniflash orqali barqaror hamkor tashkilotlar uchun chegirmalar berish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida aktivlarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
Sanoat korxonalaridagi qiymat ekvivalentida yirik hajmdagi asosiy vositalar, texnik jihozlar katta parkining aktiv qismini ko‘paytirish orqali fond qaytimi ko‘rsatkichini oshirish maqsadida asosiy vositalar aktiv va passiv qismlari bo‘yicha nisbatni 0,5 koeffisiyent qilib belgilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 16 yanvardagi №03/24-18/211-sonli ma’lumotnomasi).
Aktivlar nisbati koeffisiyenti ko‘rsatkichlari asosida operatsion faoliyatni samaradorligi va xususan, aktivlar aylanuvchanligini oshirish maqsadida aylanmadan tashqari va aylanma aktivlar optimal nisbatlarini ta’minlash tavsiya etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 16 yanvardagi №03/24-18/211-sonli ma’lumotnomasi).
Kontrollingning meta tizimi sifatida Aktivlar menejmenti kontrollingini joriy qilish orqali menejerlarni aktivlarni rejalashtirish, monitoring-nazorat, tahliliy-diagnostik va boshqaruv qarorlarini qabul qilish zamonaviy usullariga asoslanuvchi axborot-tahliliy va uslubiy qo‘llab quvvatlash tizimi tavsiya etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 16 yanvardagi №03/24-18/211-sonli ma’lumotnomasi).
Debitorlik qarzlarini boshqarishda ularni korxonalar sotish siyosatini realizatsiya qilishdagi muhimligi, buyurtmalar va kechiktirilgan debitorlik qarzlari chastotasi va debitorlik qarzlarining muddati kabi mezonlarga ko‘ra tasniflash orqali barqaror hamkor tashkilotlarni aniqlash va ular uchun chegirmalar berish siyosatining tabaqalashtirilgan mexanizmini tavsiya etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 16 yanvardagi №03/24-18/211-sonli ma’lumotnomasi).