Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt365
Ilmiy maslahatchi: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmetovich akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Iskenderov Axmet Maksetbayevich texnika fanlari doktori, professor, Xonkeldiyeva Go‘zal Sherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Ilmiy tadqiqot universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika elektr energiyatikasi va qozonxonalari ishlab chiqarishi barqaror rivojlanishida energiyani tejash nuqtai-nazaridan kogenerasiya jarayonini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
ilg‘or xalqaro tajriba va respublika issiqlik energetikasi ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda energiya manbalaridan foydalanishda trigeneratsiya (elektr, issiqlik, sovutish) jarayonini qo‘llashning energetik-iqtisodiy jihatdan samaraliligi asoslab berilgan;
energoaudit metodologiyasiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqaish korxonasi samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tarkibida energiyatejash biznes-jarayoni va chora-tadbirlarini tashkil qilishda mobil energiya xizmati guruhining tashkiliy-energetik o‘rni asoslab berilgan va energotejamkorlik sohasidagi mexanizm blok-sxemasi taklif qilingan;
O‘zbekiston Respublikasida elektr energetikasi tarmog‘ining barqaror rivojlanishidagi asosiy ko‘rsatkichlarining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari asoslanib, ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik energetikasi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish sharoitida korxona umumiy xarajatlari tarkibida energiya resurslari uchun xarajatlar 10 foizdan kam, 15 foizgacha, 15 foizdan ortiq ulushiga ko‘ra energetik tekshiruv (energoaudit) o‘tkazish darajalari tavsiya etilgan holda iqtisodiy-texnologik samaradorlik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
respublika elektr energiyatikasi va qozonxonalari ishlab chiqarishi barqaror rivojlanishida energiyani tejash nuqtai-nazaridan kogenerasiya jarayonini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, "Yangi Angren IES" AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida elektr stansiyalarning foydali ish koeffisientini 0,6%gacha oshirish imkoni yaratilgan;
energiya manbalaridan foydalanishda trigeneratsiya (elektr, issiqlik, sovutish) jarayonini qo‘llashning energetik-iqtisodiy jihatdan samaraliligi bo‘yicha takliflar muayyan darajada issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, "Yangi Angren IES" AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi elektr stansiyalardagi xarajatlarni 2,19 mlrd.so‘mning iqtisod qilinishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
energoaudit metodologiyasiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqaish korxonasi samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tarkibida energiyatejash biznes-jarayoni va chora-tadbirlarini tashkil qilishda mobil energiya xizmati guruhining tashkiliy-energetik o‘rni va energotejamkorlik sohasidagi mexanizm blok-sxemasi bo‘yicha takliflar issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, "Yangi Angren IES" AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar elektr stansiyalarning energo tejamkorligini oshirish va iqtisod qilingan mablag‘larni korxona faoliyatini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha imkoniyatlari aniqlash va ularni ishlab chiqarish oborotiga jalb qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida elektr energetikasi tarmog‘ini barqaror rivojlantirish 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va ekonometrik modeli energetika korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, "Yangi Angren IES" AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida elektr stansiyalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi, iste’mol qilinadigan gaz hajmi, asosiy kapitalga investisiyalar miqdori, aholi tomonidan elektr energiya iste’moli hajmi aniqlangan holda tegishli tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
issiqlik energetikasi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish sharoitida korxona umumiy xarajatlari tarkibida energiya resurslari uchun xarajatlar ulushiga ko‘ra energetik tekshiruv (energoaudit) o‘tkazish darajalari bo‘yicha tavsiyalar issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, "Yangi Angren IES" AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif elektr stansiyasi xususiy ehtiyojlar uchun foydaniladigan energiyaning 10%gacha pasaytirishda muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan.