Dexkanova Nargiza Sharifovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sanoat korxonalarida innovatsion-investision faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt884
Ilmiy rahbar: Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Iskenderov Axmet Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonasining innovatsion-investision faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoatidagi ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion salohiyatini rag‘batlantirishda yangi turdagi polivinil xlorid asosidagi mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olingan foydaning besh foizini mazkur salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirish asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida barqarorlashtiruvchi birikmalarga asoslangan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishning hajmlarini iqtisodiy tomondan nazorat qiluvchi bo‘lim tashkil qilish taklif etilgan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatidagi sanoat mahsuloti hajmining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda kimyo sohasida yo‘naltirilgan mablag‘larni o‘zlashtirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish va eksport hajmining o‘zgarishidagi ta’siri asosida 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan;
kimyoviy mahsulotlarni sotib oluvchi korxonalar uchun to‘lovga layoqatlilik qobilyatini (Tq>1) belgilash, mazkur tarmoqlardagi korxonalarning imkoniyatlarini aniqlash va ular uchun to‘lovlarni amalga oshirishdagi chegaraviy muddatlarni (M>12) belgilash asosidagi yondashuv taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi kimyo tarmog‘ida innovatsion-investision faoliyat tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
kimyo sanoatidagi ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion salohiyatini rag‘batlantirishda yangi turdagi polivinil xlorid asosidagi mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olingan foydaning besh foizini mazkur salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 1-iyuldagi 01-3240-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining innovatsion-investision moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va 2021 yilda moddiy texnik bazaning qariyb 4 barobarga yoki bo‘lmasa 1 459 571 000 so‘mga oshirish imkonini bergan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida barqarorlashtiruvchi birikmalarga asoslangan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishning hajmlarini iqtisodiy tomondan nazorat qiluvchi bo‘lim tashkil qilish bo‘yicha taklif “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 1-iyuldagi 01-3240-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv xarajatlarini o‘rtacha 7,5 % gacha qisqartirish va qariyb 1 128 154 000 so‘m iqtisod qilishga hamda 15 ming tonna qo‘shimcha mineral o‘g‘itni ishlab chiqarishga zamin yaratgan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatidagi sanoat mahsuloti hajmining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda kimyo sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘larni o‘zlashtirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish va eksport hajmining o‘zgarishidagi ta’siri asosida 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 1 iyuldagi 01-3240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning sanoat mahsuloti hajmi 2030 yilga kelib 2021-yilga nisbatan 2,4 barobarga ortishi ilmiy asoslangan.
kimyoviy mahsulotlarni sotib oluvchi korxonalar uchun to‘lovga layoqatlilik qobiliyatini (Tq>1) belgilash, mazkur tarmoqlardagi korxonalarning imkoniyatlarini aniqlash va ular uchun to‘lovlarni amalga oshirishdagi chegaraviy muddatlarni (M>12) belgilash asosidagi yondashuv bo‘yicha takliflar “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 1-iyuldagi 01-3240-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli korxonalarning innovatsion-investision faoliyatida etalon qiymatdan foydalanish va uni yuqori darajaga olib chiqishda iqtisodiy samaraga erishish uchun 0,31 punktga oshirish zarurligi aniqlangan.